TIQXMMI yangiliklari

img
20.03.2024

Xorijiy talabalarning “ARTEL”ga tashrifi

Universitet rektorining tegishli buyrug‘i asosida Qozog‘iston Respublikasi Qo‘rqit-ota nomidagi Qizilo‘rda universitetining bir guruh talabalari “Energetika” fakulteti “Elektrtexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasiga akademik mobillik asosida amaliyot o‘tashmoqda.

Amaliyot dasturiga muvofiq talabalar o‘quv mashg‘ulotlari, ma’ruzalar, amaliy darslar bilan birgalikda, sohaga oid bir nechta ishlab chiqarish obyektlarida ko‘chma mashg‘ulotlar o‘tib kelmoqda. “Elektrtexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi dotsenti Rustem Yunusov rahbarligida Toshkent shahrida joylashgan maishiy va sanoat texnikalari ishlab chiqaruvchi “ARTEL” zavodiga talabalarning tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida talabalar zavoddagi o‘quv laboratoriya markazi faoliyati, laboratoriya uskunalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, zavoddagi yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish jarayonini ko‘rib, o‘rganib chiqishdi.