Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha boshqaruv kengashi
TARKIBI
S.U. Umurzakov | — | Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi rahbari, Boshqaruv kengashi raisi |
A.H. Toshkulov | — | Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri |
I.Yu. Abduraxmonov | — | Innovasion rivojlanish vaziri |
Sh.R. Xamrayev | — | Suv xo’jaligi vaziri |
J.A. Xodjayev | — | Qishloq xo’jaligi vaziri |
Sh.X. Shermatov | — | Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri |
A.I. Axmedxadjayev | — | Energetika vazirining birinchi o’rinbosari |
Sh.A. Vafayev | — | Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o’rinbosari |
N.J. Bakirov | — | O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi raisi |
N.N. Oblomurodov | — | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisi |
A.A. Sanginov | — | «O’zbekgidroenergo» AJ boshqaruv raisi |
B.S. Mirzayev | — | «Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti rektori, Boshqaruv kengashi kotibi |
Boshqaruv kengashi vazifalari:
- Universitetning moliyaviy yil uchun mo’ljallangan biznes-rejasini, uzoq va o’rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini, daromad va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash hamda ularning ijrosini muhokama qilish;
- Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy maktablarni rivojlantirish;
- qishloq va suv xo’jaligi texnologiyalari yo’nalishida ta’lim, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar transferi jarayonlarini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqot va innovasion ishlanmalar bo’yicha buyurtmachilar bilan manfaatli hamkorlikni o’rnatish;
- ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirish, startap va akselerator faoliyatlarini yo’lga qo’yish;
- ta’lim va tadqiqot jarayonlariga investisiyalarni jalb etish, yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali aloqalarni o’rnatish;
Boshqaruv kengashi vakolatlari:
- iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish, shuningdek, to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul parametrlarini belgilash;
- o’quv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to’lash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash;
- Universitet va uning tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari tuzilmalarini tasdiqlash;
-Universitetning tashkiliy tuzilmasiga byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladigan yangi lavozim va tarkibiy bo’linmalar hamda qo’shimcha shtat birliklarini joriy etish.