25/11/2023

“Ofis-registrator” bo‘limi haqida

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot  universitetining (keyingi o‘rinlarda universitet deb yuritiladi) Ofis-registrator bo‘limi (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb yuritiladi) talabalikka qabul, o‘quv jarayoni va talabalarga xizmat ko‘rsatish, akademik faoliyatni tashkil etish, o‘quv reja, fan dasturlarini yaratish va rivojlantirish, taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, tizimda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Bo‘lim tarkibi

Bo‘lim bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassislar va mutaxassislardan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari

Universitet akademik jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish;

Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan taʼlimdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;

Oliy taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

Oliy taʼlimning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy taʼlim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;

O‘quv dasturlari va rejalari, o‘quv mashg‘ulotlari va imtihonlar jadvallari, talabalarning o‘zlashtirish va davomatiga oid axborotlarni boshqarish;

Oliy taʼlim muassasalari faoliyatidagi barcha jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;

Oliy taʼlim tizimida o‘quv jarayonini avtomatlashtirish;

Bo‘lim taʼlim jarayonini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan xorijiy va davlat taʼlim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzadi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini taʼminlaydi;

Fakultetlar, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiradi;

Meʼyoriy hujjatlarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish davrida ulardagi yaxshi ishlamayotgan meʼyorlarni aniqlaydi va ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar tayyorlaydi;

Kafedra, dekanat bilan birgalikda baholashning amaldagi reyting tizimini amalda qo‘llash, o‘qitish sifatini nazorat qilish, talabalar o‘zlashtirishi monitoringini olib boradi;

Mamlakatda va xorijda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va o‘quv jarayoniga joriy etadi.

Talabalarni kafedralar tomonidan o‘quv dasturlari va boshqa akademik hujjatlar bilan taʼminlanishini nazorat qiladi;

Universitet Kengashi va akademik Kengash qarorlarini o‘quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Talabalarning shaxsiy hujjatlari, reytingi qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib boradi.

Manzil: Qori Niyoziy ko'chasi, 39-uy,

Joylashgan bino:  IT park, 1-qavat

Telefon: +998 71 237 19 75