img
12/11/2021

Talabalar turar joylari

 Talabalar turar joylari direktori,

To'raqulova Nurxon Baxodirovna

+998 (71) 237-19-73

@ttj_tiiame_bot

 

 

Talabalar turar joyi respublikaning uzoq viloyat va shaharlaridan kelib universitetda tahsil olayotgan talaba va magistrantlarini o`qish vaqtida turar joylari bilan ta’minlashga mo`ljallangan. Hozirgi kunda universitetda to`rtta to`qqiz qavatli talabalar turar joyi, bitta uch qavatli talabalar turar joyi va ikkita yosh olimlar va tadqiqotchilar uyiga ega. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti tarkibida rivojlangan infra tuzilmaga ega bo`lgan  mustaqil ish yurituvchi talabalar turar joylari mavjud.


Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti talabalar turar joylarida talabalarning hayotini yaxshilash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilayotgani, talabalar turar joylarining moddiy-texnik bazasini yangilanib to`ldirilgan kompyuter xonalari, ma’naviyat xonalari, sport maydonchalari va axborot resurs mazkazi filiallari bilan ta’minlangan.

Universitet talabalar turar joylari 1986-1987-yillarda qurilgan. Ular kapital ta’mirdan chiqarilgan, hozirgi davrda to`liq foydalanishga topshirilgan. “TIQXMMI” MTU talabalari yashashi uchun yangi talabalar turar joyi binolarini qurish va eski binolarni kapital ta’mirlash bo`yicha maqsadli investitsiya dasturiga kiritilgan.

Talabalarga yashash uchun taqdim etiladigan yotoqxonalar koridor(qavatdagi qulayliklar bilan) va seksiya tipidagi yotoqxonalarga (har bir seksiya uchun yuvinish xonasi va sanuzel) bo`linadi. Yotoqxonalarning har bir qavatda 2 tadan oshxona mavjud, elektr plitalar va muzlatkichlar bilan jihozlangan.

Talabalarga yashash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida imkoniyati cheklangan talabalar uchun maxsus xonalar tashkil qilingan va yotoqxonalarda mustaqil mashg'ulotlar uchun xonalar, dam olish xonalari, sport zallari, dazmol xonalari, kir yuvish xonalari, tikuvchilik xonalari, tibbiyot xonalari, kompyuter xonalari va boshqa xonalar bilan ta’minlangan.

“TIQXMMI” MTU talabalar turar joylarida talabalarning yashash xavfsizligiga katta e’tibor beriladi. Xavfsizlik dasturi doirasida barcha yotoqxonalarda videokuzatuv tizimlari o`rnatilgan hamda profilaktika inspektori faoliyati yo`lga qo`yilgan.

Universitet yotoqxonalarini boshqarish funksiyalari talabalar turar joylari ma’muriyatiga yuklangan. Talabalar turar joylarida talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida 100 nafarga yaqin ishchi hodimlar (TTJ direktori, tarbiyachi-pedagoglar, profilaktika inspektori, bino boshliqlari, tibbiyot xodimlari, santexniklar, elektriklar, duradgorlar, qorovullar, bog`bonlar va boshqalar) faoliyat yuritmoqda.

Yurtimizda inson qadri uning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti Talabalar turar joyida imkoniyati cheklangan nogironligi  bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy va siyosiy hayotga  faol jalb etish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Talabalar turar joylaridagi har bir bino zinalari yonida ikki tomonli tutqichlarga ega bo‘lgan maxsus normadagi panduslar mavjud. Bino eshiklari ikki tabaqali.

Imkoniyati cheklangan talabalar  birinchi qavatdan maxsus  xonalarga joylashtirilgan. Xonada ular uchun qulay va kerakli bo‘lgan shart-sharoitlar yaratilgan. Hojatxonalar maxsus moslamalar bilan jihozlangan.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti rektori Bahodir Mirzayev tomonidan Talabalar turar joyida imkoniyati cheklangan nogironligi  bo‘lgan talabalar uchun elektron aravachalar berildi hamda Universitet oshxonasida tayyorlangan taomlar doimiy ravishda tarqatilmoqda.

Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish uchun ttj.tiiame.uz platformasi yaratilgan bo`lib u orqali talabalar turar joyga joylashish uchun onlayn ariza topshiriladi hamda ularning arizalariga asosan ularga xona ajratiladi.

Talabalar turar joyidagi talabalarning taklif va murojaatlarini o`rganish maqsadida @ttj_tiiame_bot telegram boti faoliyati yo`lga qo`yilgan.

Talabalar turar joyi direktori xonasi Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko`chasi 4-uy 1-qavat 102-xona.

Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi 1-uy.

Yo‘nalishlari: Xamid Olimjon metro stansiyasi, Minor metro stansiyasi, avtobuslar 2, 89, 95, 38, 88 gidrometsentr bekati.

 

1-Talabalar turar joyi

2-Talabalar turar joyi

3-Talabalar turar joyi

4-Talabalar turar joyi

5-Talabalar turar joyi

Yosh olim va doktorantlar uylari

Qo’shimcha talabalar turar joyi qurilishi