25/03/2023

Abiturientlar uchun tayyorlov kurslari

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida tayyorlov o‘quv kurslari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kurslar tinglovchilarga O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlariga kirishlari uchun shartnoma asosidagi samarali tayyorlanish imkoniyatini taqdim qiladi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetidagi tayyorlov kurslarida quyidagi fanlar bo‘yicha ta’lim olish taklif qilinadi:

  • Kimyo
  • Fizika
  • Ingliz tili
  • Rus tili
  • Matematika
  • O’zbekiston tarixi
  • O’zbek tili va adabiyoti

Tinglovchi o‘qitish tilini – rus yoki o‘zbek tillarini, shuningdek, o‘qish uchun qulay vaqtni (soat 15:00-18:00 gacha) tanlash huquqiga ega.

Talabalar darajasi va guruhi oraliq testlardan so‘ng talabalarning bilim darajasiga qarab o‘zgartirilishi mumkin.

Tayyorlov kurslari dasturida, shuningdek, universitetimizda ta’lim amalga oshiriladigan yo‘nalishlar faoliyati va ixtisosligi yuzasidan ham tanishtirish ko‘zda tutilgan.

Dars vaqti va intensivligi hamda manzili:

Tayyorlov kurslari bo‘limi bir yillik (9 oylik) dasturni taklif qiladi.

Mashg‘ulotlar haftasiga 3 marta, 80-120 daqiqadan o‘tkaziladi.

Matematika fani, B o‘quv binosi, B-305 xona.

Kimyo fani, B o‘quv binosi, B-09 xona.

Fizika fani, B o‘quv binosi, B-011 xona.

Ingliz tili, B o‘quv binosi, 1-etaj, B-116 xona.

Rus tili, B o‘quv binosi, B-213 xona.

O’zbek tili va adabiyoti, B o‘quv binosi, B-214 xona.

Ozbekiston tarixi, B o‘quv binosi, B-222 xona.

Tayyorlov kurslarida qatnashuvchilar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari kerak:

Barcha talabalar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va universitetga tashrif buyuruvchilar bilan xushmuomala bo‘lish;

Baland ovozda gaplashmaslik (shu jumladan telefonda), baqirmaslik, qo‘pol tutmaslik va koridorlar bo‘ylab yugurmaslik kerak;

Universitetning mulki va jihozlariga, shaxsiy mulkini avaylash va Universitet hududida tozalikni saqlash.