“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi 50 yilga yaqin tarixga ega. Markaz tashkil etilgan paytta institutning bazasida oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari o’qituvchilarining malakasini oshirish fakulteti sifatida faoliyat yuritgan.

Taqmoq markazida yaqin o’tmishdagi rahbarlik qilgan professor-o’qituvchilar:

  • Texnika fanlari nomzodi, dotsent M.K.Allaberganov (1999-2005)
  • Texnika fanlari doktori, professor B.S.Mirzayev (2006-2007)
  • Texnika fanlari nomzodi, dotsent  T.N.Tursunov (2007-2013)
  • Qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, dotsent  D.V.Nazaraliyev (2013-2014)
  • Qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor B.Sh.Matyakubov (2014-2015)
  • Texnika fanlari doktori, dotsent  A.S.Berdishev (2015-2016)
  • Texnika fanlari bo’yicha PhD, dotsent G‘.T.Bekmirzayev (2017-2023)

Bugungi kunda Tarmoq markaziga A.T.Suvanov rahbarlik qilib kelmoqda.

Tarmoq markazining faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli qarorlariga asosan faoliyat yuritib kelmoqda.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida oʼquv jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari asosida tashkil etiladi. Tarmoq markazida umumiy hajmi 288 soatga mo’ljallangan masovaviy va 144 soatga soatga mo’ljallangan tog’ridan-tog’ri qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari 10 ta yo’nalish bo’yicha tashkil etilmoqda. 

Markazning asosiy vazifalari

Malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘quv jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, turdosh oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlani tarkibi va o‘quv-yordamchi xodimlar malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish, muhandis-texnik va o‘quv-yordamchi xodimlarining malakasini oshirish, o‘quv jarayonining sifatini yaxshilash, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha Respublikamizning jadal rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, tarmoqdagi innovatsion yangiliklarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, pedagog kadrlarga tegishli sohalar bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat.

Tarmoq markazining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari

  • Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish;
  • Suv xojaligi va melioratsiya;
  • Qishloq xojaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish;
  • Qishloq xojaligini mexanizatsiyalashtirish;
  • Yer kadastri va yer tuzish;
  • Suv xojaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish;
  • Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obʼyektlari;
  • Qishloq va suv xojaligida texnik servis;
  • Suv taʼminoti muhandislik tizimlari;
  • Suv xojaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish.

Mаlаkа oshirish tizimi

Rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishi yo‘lga qo‘yilgan:

  • mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;
  • muqobil malaka oshirish;
  • masofaviy shaklda malaka oshirish;

Tarmoq markazining huquqlari

  • pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning dolzarb ilmiy muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;
  • pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha respublika va xorijiy mamalakatlar ilg‘or tajribalarini ommalashtirib borish;
  • Respublika hududida va xorijiy mamalakatlarda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘z nomidan va o‘z vakolati doirasida hamkorlik shartnomalarini tuzish;
  • oliy ta’lim muassasalaridan tarmoq markazi vazifalarini ijrosini ta’minlash uchun zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;
  • ta’lim tizimini takomillashtirish borasida turli xalqaro va respublika miqiyosidagi ko‘rgazma, konferensiya, seminar, simpozium va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
  • korxona va tashkilot xodimlari uchun shartnoma asosida pulli qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Markazning majburiyatlari

  • Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishchi o‘quv reja va ishchi dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish;
  • zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash;
  • xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganib, amalga tatbiq etish;

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining mutaxassislik modullarini o‘qitishda foydalanilayotgan xorijiy adabiyotlardan na’munalar

Tarmoq markazi va Shveytsariyaning xalqaro hamkorlik markazi bilan qo‘shma loyiha doirasida yaratilgan adabiyotlar

 

Xorijiy hamkorlik

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi bilan International cultural communication center Malaysia (ICCCM) hamda Xitoy Xalq Respublikasining Hohai universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum asosida, 2023-yil Malayziyaning Chongqing suv resurslari va elektrotexnika kolleji va Hohai universitetining Gidrologiya va suv resurslari kollejlari tomonidan sohaga oid 6 nafar professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar kurslarga onlayn tarzda jalb qilindi.

Mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik

Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun shartnomalar tuzilgan tashkilotlar:

  • OAJ “SN Invest”;
  • Toshkent viloyati “Nasos stansiyalari va energetika” boshqarmasi;
  • Chirchiq – Ohangaron ITHB huzuridagi «Toshkent NSEB»;
  • “O‘zenergoinjiniring” AJ;
  • O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy loyihalash instituti (O‘ZDAVERLOYIHA);
  • “O‘zagro servis” AJ huzuridagi mashina va mexanizmlar texnologiyalari ilmiy tadqiqot markazi;
  • Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi;
  • AO “Qishloq energoloyiha”.

Tarmoq markazining moddiy texnik bazasi

Tarmoq markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, jumladan 42 ta zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan 2 ta kompyuter xonalar, shuningdek videoproektor va zamonaviy doska bilan jihozlangan 2 ta o‘quv auditoriyalari mavjud.

Tarmoq markaziga O‘zbekiston va Shvetsariya o‘quv hamkorlik loyihasida doirasida hasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini oshirish maqsadida zamonaviy Ekskavator-Simulyator olib kelindi. Ushbu ekskavator-simulatordan Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishi talabalariga ekskavatorni boshqarish, amaliy darslarni o‘tkazishda foydanalinmoqda. Bundan tashqari kasb-hunar kollejlarining sohaga oid o‘qituvchilari ham o‘z malakalarini oshirmoqda.