
Kadrlar bo'limi
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i
Fayzullayev Rustam Xamrayevich
Тел.: +99871) 237-19-49
Email: r.fayzullaev@tiiame.uz
Kadrlar bo‘limi o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunlari Farmon va farmoyilari, Oliy Majlisi qarorlari, Mehnat kodeksi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, universitet Kadrlar bo‘limi Nizomi va har yili universitet rektori tomonidan tasdiqlangan Kadrlar bo‘limining yillik ish rejasiga muvofiq yuritadi.
Universitet kadrlar bo‘limi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- universitet rahbariyati va bo‘lim boshliqlari bilan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq zamonaviy talablarga javob beruvchi kadrlar tayyorlash jarayoni uchun layoqatli, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga ega, ilmiy yutuqlarga erishgan ijodiy-ilmiy salohiyatli, yuqori idrok va axloqli xodimlarni tanlash-saralash, ishga qabul qilish;
- professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi va ma’muriy-xo‘jalik xodimlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va ishdan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi;
- mehnat daftarchalarini saqlash, to‘ldirish, kadrlar bo‘yicha belgilangan xujjatlarni rasmiylashtirish;
- ta’tilga chiqish grafiklarini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;
- mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish va ruyxatga olish;
- rag‘batlantirish va mukofotlash buyicha ma’lumotlarni hisobga olish;
- xodimlarga nafaka belgilash buyicha xujjatlarni tayyorlash;
- xizmat safarlarini rasmiylashtirish va xizmat safarlari buyicha buyruqlarni tayyorlash;
- universitet xodimlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shaklantirish va diomiy yangilab borish;
- ta’limning barcha shakllari bo‘yicha universitet talabalarining shaxsiy hujjatlarini qabul qilish, yuritish va saqlash;
- talabalar bo‘yicha buyruqlarni qayd etish va tekshirish (qabul qilinganligi, boshqa joyga o‘tkazilganligi, tiklanganligi, talabalar safidan chiqarilganligi, rag‘batlantirilganligi va boshqalar);
- bitiruvchilar va talabalar safidan chiqarilgan talabalar shaxsiy hujjatlarini belgilangan tartibda yuritish va arxivga topshirish;
- bitiruvchi talabalarga diplomlarni rasmiylashtirish, qayd etish va topshirish;
- Har oyda tuman bandlikka ko‘maklashish markaziga bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlarni topshirish.
Interaktiv xizmatlar
Ish joyidan ma’lumotnoma olish
Oliy ma’lumot diplomini tasdiqlash
Bog’lanish
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy. Ma’muriy bino.
Telefon: (+99871) 237-19-49, (+99871) 237-19-29
Faks: (+99871) 237-38-79
Elektron manzil: tiiamekadr@umail.uz, personnel@tiiame.uz