img
01/11/2021

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Markaz rahbari

Qilichov Sharafiddin Mirzaevich

Tel.71- 237-19-24, 90-322-09-34

Email: atm@tiiame.uz

 

 


Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi o‘z faoliyatini 1993 yilda boshlagan.  Raqamli talim texnologiyalari markazining (RTTM) tasarrufida Raqamli talim texnologiyalarini joriy etish, Tarmoqlarni boshqarish, Texnik qo‘llab quvvatlash, Axborot havfsizligini ta’minlash bo‘limlari faoliyat olib boradi.

Markazning asosiy vazifasi universitet oquv va mamuriy boshqaruv jarayoniga axborot kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish boyicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

Markaz faoliyati haqida

Markaz universitet oquv, ilmiy, mamuriy va xojalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish tashkillashtiradi. Universitet axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi. Universitetga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi. Universitetda yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritadi. Universitetda tarmoq va tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi holatda bo‘lishini nazorat qiladi.

Markazning asosiy vazifalari:

- Universitetda tarmoq administratorligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, institut rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishligini ta’minlash;

- Universitet ko‘p darajali telekommunikatsion tarmoqlari xamda texnik vositalarni xavfsizligini va sifatli ishlashini ta’minlash, shuningdek monitoringini yuritish;

- o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha Moodle masofaviy o‘qitish tizimi va multimediali ta’lim resurslarini texnik jixatdan qo‘llab-quvvatlash;

- Universitet tarkibiy bo‘linmalarini multimedia vositalari va texnika vositalari bilan jixozlash, sotib olish bo‘yicha takliflar kiritadi.

- Universitetda foydalaniladigan texnik vositalarni modernizatsiya qilish ishlarini tashkil etish.

- Universitetda axborotlashtirish va texnik vositalar bilan bog‘liq tovar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxona, tashkilotlar bilan shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va shartnomalar tuzishda ekspert sifatida ishtirok etish.