img
26/03/2024

Xotin-qizlar maslahat kengashi bo‘limi

Maslahat kengashi raisi:

Ismaiova Zuxra Karabaevna 

Telefon mobil: 90-921-00-61

E-mail: z.ismailova@tiiame

Kengash haqida

  1. Mazkur Namunaviy nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb yuritiladi) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashning (keyingi o‘rinlarda — Kengash) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini belgilaydi va shu bo‘yicha ish olib boradi.
  2. Kengash xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy qo‘llab-quvvatlovchi, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida o‘z aksini topgan ijtimoiy siyosiy kafolatlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi Kengash hisoblanadi.
  3. Kengash tarkibi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, hududiy boshqarmalar boshlig‘i, ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) va filiallar direktorlarining yig‘ilish qarorlari bilan tashkil etiladi hamda unga kiritiladigan o‘zgarishlar yig‘ilish raisi tomonidan tasdiqlanadi.
  4. Kengash qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
  5. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining me’yoriy hujjatlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  6. Kengash qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, o‘zaro hamkorlik va hurmat, teng huquqlilik, ixtiyoriylik va jamoatchilik fikrini hisobga olish tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.

Kengashning asosiy maqsadi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish ishlarini hamkorlikda tashkil etishdan iborat.

Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari

  • Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish ishlarini hamkorlikda tashkil etadi;
  • xotin-qizlarning mehnat jamoalarida, davlat va jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ulami ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi maqsadli ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish va ularning fikrlarini tizimli monitoring qilish;
  • xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi
  • bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlariga ko‘maklashadi;
  • xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
  • xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiladi, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni aniqlash, ulami reabilitatsiya qilish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyaviy takliflarni vazirlikka kiritadi;
  • xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida hududiy dasturlami ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirish, ular o‘rtasida ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shug‘ullanadigan, ibrat namunasiga ega bo‘lgan xotin-qizlarning hayot faoliyatlari va turmush tarzlarini keng targ‘ib qilish;
  • xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini o‘tkazish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlashda qonuniylik, ijtimoiy adolat, shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
  • milliy va xalqaro qonunchilikda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir hujjatlar, standartlar va talablarning joriy etilishini ta’minlaydi va bevosita ishtirok etadi;
  • tizimida samarali mehnat qilayotgan ayol xodimlarni Davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha taklif kiritadi.

Manzil: Qori- Niyoziy ko‘chasi, 39-uy.