
Texnikumlar
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" MTUning Beshkent qishloq xo‘jalik texnikumi tarixi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Beshkent qishloq ho‘jaligi kasb-hunar kolleji 1977 yil 131-qishloq o‘rta hunar texnika bilim yurti qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlash maqsadida ochilgan. 1996 yil Vazirlar Maxkamasining qishloq hududiga tadbirkorlikni olib kirish to‘g‘risidagi 296-qaroriga asosan 16 o‘rta xunar texnika bilim yurti Beshkent kasb-xunar litseyiga aylantirildi. 2002 yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarining moddiy texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2001 yil 338-sonli qarori hamda o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markazining 2002 yil 30 noyabrdagi 327 sonli buyrug‘i, Qashqadaryo viloyat hokimligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi boshqarmasining 2002 yil 5-dekabrdagi buyrug‘iga asosan Qarshi tumani Beshkent qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maqomi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida”gi farmoni bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Beshkent qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumi bo‘lib tashkil qilindi. Hozirgi kunda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" MTUning Beshkent qishloq xo‘jalik texnikumining quvvati 720 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 3 qavatli asosiy bino 1-chi va 2-chi o‘quv binosidan iborat, amaliyot o‘tash uchun o‘quv amaliyoti ustaxonasi, avtosaroy va ma’muriy boshqaruv bo‘limlari, 200 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi mavjud. Jami yer maydoni 9,4 gani tashkil etadi.
Paxtaobod Texnikumi to'g'risida
1995 yildan boshlab Vazirlar Maxkamasining 296 -qarori bilan Paxtaobod kasb-hunar litseyi nomi berilgan. Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 23 sentyabrdagi 406- qarori bilan litsey 2000 yil 2 sentyabrdan boshlab Paxtaobod qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Andijon viloyati Paxtaobod tuman qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining “Paxtaobod qishloq xo‘jaligi texnikumi” ga aylantirilgan.
Hozirgi kunda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti" MTUning “Paxtaobod qishloq xo‘jaligi texnikumi” ning quvvati 720 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 4-etajli 1-2-chi o‘quv binosidan iborat, amaliyot o‘tash uchun avtosaroy va ma’muriy boshqaruv bo‘limlari mavjud. Jami yer maydoni 7,8 ga ni tashkil etadi. Shuningdek 8-xonadondan iborat turar joy, 1,0 gektar (atrofi o‘ralgan) maydonli o‘quv tajriba xo‘jaligi mavjud. 2020 yilning sentyabr holatiga yengil mashinalar ta’mir talab, yuk avtomobillarning aksariyati yaroqsiz.
Qumqo‘rg‘on agrosanoat texnikumi
O‘zbekiston Respublikasi ’’Kadrlar tayorlash milliy dasturi’’talablari asosida hamda Vazirlar Mahkamasining1998 yil 1 maydagi ’’O‘rta maxsus va kasb- hunar talimiga o‘tish to‘g‘risida’’gi 204-sonli, 2003 yil 29 oktyabrdagi ’’Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar talimiga izchil o‘tishni taminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi 473-sonli, Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tumani hokimligining 2004 yil 30 iyundagi 320-sonli qarorlariga asosan Qumqo‘rg‘on tumanida “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash ’’ kasb-hunar kolleji tashkil etilgan. Qumqo‘rg‘on tumani hokimligining 2004 yil 8-iyuldagi dalolatnomasiga asosan Qumqo‘rg‘on agrosanoat kasb-hunar kolleji nomiga o‘zgartirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi Qumqo‘rg‘on agrosanoat kasb-hunar kolleji Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Qumqo‘rg‘on agrosanoat texnikumi bo‘lib tashkil qilindi. Hozirgi kunda "Toshkent irrigsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" MTUning xuzuridagi Qumqo‘rg‘on agrosanoat texnikumining quvvati 750 o‘ringa mo‘ljallangan Ta’lim muassasasida 29 ta o‘kuv xonalari, 3 ta laboratoriya xonalari, 1 ta amaliyot o‘tash ustaxonaxona va 50 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona mavjud. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi Polsha granti asosida “Tomat, ketchup va mevali djem ishlab chiqarish mini sexi” bilan jihozlangan. ARM fondida 14326 dona adabiyot mavjud bo‘lib shundan 6101 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 5940 dona badiiy xamda soxalarga oid adabiyotlar, 359 ta elektron darsliklar, 51 dona plakat, 20 dona slaydlar mavjud.
Texnikum direktori
Gapparov Akbar Umirovich Dotsent
Qabul kunlari :Chorshanba
Tel: +998909205574
Е-mail: akbargapparov1978@gmail.com
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Bekqulova Nazira Yusupovna
Qabul kunlari :Payshanba
Tel: +998912295068
E–mail: bnazirayusupovna@gmail.com
Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Nomozov Turg‘un Almardanovich
Qabul kunlari: Juma
Tel: +998915169594
E–mail: nturg’un82@gmail.com
Xo‘jalik ishlari bo'yicha direktor o‘rinbosari
Esanov Usmon Abduraxmonovich
Qabul kunlari: Seshanba
Tel: +99899-424-22-08
E–mail: usmonesonov2@gmail.com