img
18/12/2021

Magistratura bo'limi

«Magistratura bo‘limi» boshlig‘i

Yangiyev Asror Abdihamidovich

Texnika fanlari doktori, professor

tel: (71) 237-22-09.

Email: magistr@tiiame.uz

 

 

Magistratura bo‘limi haqida

Universitetda bugungi kunga kelib “Magistratura bo‘limi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi PF–5789-son «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi “Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 36-son qarori asosidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 2-apreldagi 116-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan  “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom” ga  muvofiq faoliyat olib borilmoqda.

Universitetda magistratura mutaxassisliklariga mas’ul bo‘lgan kafedralarda magistrantlarning o‘quv jarayoniga eng yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, ya’ni fan doktorlari va professorlar, fan nomzodlari va dotsentlar shuningdek, ishlab chiqarishda yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali amaliyotchilar ham jalb etilgan. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kafedralar tasarrufida bugungi kunga kelib jami 120 nafar malakali pedagog xodimlar, mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlarga malakaviy ko‘nikma hosil qilishda ma’ruzalar o‘qish, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarni, malakaviy amaliyotlar va stajirovkalarni o‘tishda ilmiy pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. 2020-2021 o‘quv yilida 34 ta magistratura mutaxassisliklari, jumladan 6 ta xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida  magistrantlar tayyorlandi, 2021-2022 o’quv yilida esa quyidagi 31 ta magistratura mutaxassisliklariga magistrantlar qabul qilindi,bunda Chiqindilarni boshqarish mutaxasisligi yangi ochilgan.

Magistratura mutaxassisliklari:

  1. 70411201-Menejment (suv xoʼjaligida)
  2. 70412501-Marketing (suv xoʼjaligida)
  3. 70410101-Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  4. 70412301-Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish
  5. 70710601-Elektr taʼminoti (suv xoʼjaligida)
  6. 70711401-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (suv xoʼjaligida)
  7. 70710901-Energiya tejamkorligi va energoaudit (suv xo‘jaligida)
  8. 70711001-Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
  9. 70722601-Geodeziya va geoinformatika
  10. 70730901-Gidrotexnika inshootlari (suv xoʼjaligida)
  11. 70810601-Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish
  12. 70810101-Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar boʼyicha)
  13. 70810501-Qishloq va suv xoʼjaligida energiya taʼminoti
  14. 70810502-Suv xoʼjaligida Smart (intellektual) oʼlchash tizimlari va asboblari
  15. 70812801- GES qurilishi va ulardan foydalanish
  16. 70812302- Melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik
  17. 70812305-Gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish
  18. 70812306-Suv tejamkor sugʼorish texnologiyalari
  19. 70812307- Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish
  20. 70530804-Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi
  21. 70812401-Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
  22. 71020201-Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (qishloq va suv xo‘jaligida)
  23. 70812501-Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi
  24. 70730904-Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil yetish va texnologiyasi
  25. 70812502-Nasos stansiyalaridan foydalanish va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi
  26. 70710505-Mini va mikro gidroelektrostansiyalar
  27. 70111202-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
  28. 70710401-Atrof-muhit muhofazasi (qishloq va suv xoʼjaligida)
  29. 70710406-Chiqindilarni boshqarish
  30. 70710401-Atrof-muhit muhofazasi (Geoaxborot tizimlari)
  31. 70710401-Atrof-muhit muhofazasi (Xalqaro yer va suv resurslari)

TA’LIM JARAYONI VA ILMIY FAOLIYAT

Magistrlar tayyorlashda ta’lim jarayoni bilan ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya jarayonini rivojlantirish maqsadida turli ilmiy seminarlar tashkil etilib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. Magistrantlar o‘zlari bajaradigan magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha fan-taraqqiyotining oxirgi yangiliklaridan xabardor bo‘lishlaridan kelib chiqib, Respublika va xalqaro ko‘rgazmalarida ham faol ishtirok etish bilan birgalikda har yili tashkillashtirilib kelinayotgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi”da magistrantlar qatnashib mamlakatimiz olimlari tomonidan ilgari surilayotgan ilmiy g‘oyalar, ishlanmalardan xabardor bo‘lishmoqdalar.

Oʼquv jarayonining tashkil etilishida institut bilan sohaga oid tashkilotlar orasidagi integratsiyani taʼminlash maqsadida amaliy va laboratoriya mashgʼulotlari, malakaviy amaliyotlar turli tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bazasida olib borilishi amalga oshirib kelinmoqda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi ilmiy tadqiqot institutlari;
  • Suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi loyihalashtirish institutlari;
  • Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga qarashli tashkilotlar va ilmiy tadqiqot institutlari;
  • “O‘zgidromet” markazi;
  • “Uzbekgidroenergo” AJ;
  • “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi;
  • Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
  • “Texnolog” AJ;
  • Har yili bitiruvchilarning 20-25% pedagogik va ilmiy faoliyatga yo’naltiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 26 noyabrdagi 2734-sonli “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”ga buyrug‘iga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2019 yil 24 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim va ilm fan vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi majlisida berilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlash maqsadida institut rektorining buyrug‘i hamda Ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan tuzilgan DASTUR asosida birinchi marotaba magistirlik dissertatsiya mavzulari bo‘yicha stajirovkani o‘tash Ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari tashkil qilindi. Magistratura bo‘limi tomonidan amaliyot kundaligi, yo‘llanma va barcha kerakli xujjatlar tayyorlab berildi.

Magistrantlar respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda doimiy ravishda qatnashib keladilar. Ular  tomonidan yaratilgan quyidagi ixtiro, startap loyihalar, mobil ilova hamda EXM dasturlari yuqori baholangan:

  • Telefon orqali nasos stansiyasini boshqarish va sizot suv sathini kuzatish qurilmasi;
  • Fermer xo‘jaligi cho‘kma nasos boshqaruvida GSM-texnologiyalari;
  • Smart Farmer (mobil ilova uchun);
  • “Defuse-it” loyihasi.
  • Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro “Yozgi maktab” kurslarida magistrantlar muntazam qatnashib kelishadi.

OQUV JARAYONINING TASHKIL QILINISHI

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10-sentyabrdagi 190-son «Ozbekiston Respublikasi oliy talim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarori hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori va Ozbekiston Respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirining 2015 yil 2-apreldagi 116-son buyrugi bilan tasdiqlanganMagistratura togrisidagiNizom asosida magistraturada oquv jarayoni olib borilmoqda.

Universitetda barcha magistratura mutaxassisliklariga masul bolgan kafedralarda mazkur Nizomga asosanMagistrantning shaxsiy ish rejasida belgilanganMagistrantning oquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati boyicha kalendarivaMagistrlik dissertatsiyasining bajarilishi kalendariyuritilib magistrantlar oz faoliyati davrida amalga oshirilishi lozim bolgan ishlarini belgilangan reja asosida olib boradilar.

Shuningdek, mutaxassisliklarning oquv rejasida belgilangan fanlar boyicha maruza, amaliy va laboratoriya mashgulotlari olib borilishi dars jadvaliga muvofiq haftaning tort kunida belgilangan va haftaning juma va shanba kunlari magistrantlar mutaxassisliklarga masul bolgan kafedralarda hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot va taqdimotlar qilib borishlari amalga oshirib kelinmoqda. Magistraturada talim jarayoni ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik faoliyati olib borilishiga qaratilganligidan kelib chiqib, semestrlar yakuniga kora magistrantlar kafedralarda ilmiy faoliyat attestatsiyasidan otkazilishi yolga qoyilgan. Bunda belgilangan rejaga muvofiq magistrantlar semestr davomida amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlari togrisida taqdimotlar qilishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

XALQARO ALOQALAR

Universitetda 70710401-Atrof-muhit muhofazasi (Xalqaro yer va suv resurslaridan foydalanish), 70710401-Atrof-muhit muhofazasi (geoaxborot tizimlari), 70710401-Atrof-muhit muhofazasi (qishloq va suv xojaligida), 70810503-Intellektual datchiklar va texnologiyalar, 70810401-Aniq koordinatali qishloq xojaligi mutaxassisliklari boyicha qoshma talim dasturlari asosida halqaro magistratura tashkil qilingan. Magistrantlar AQSH, Michigan shtati universiteti, Slovak Respublikasi, Nitra shahridagi Slovak qishloq xojaligi universiteti,  AQSH, Missisipi universiteti va Vengriya, Obuda universitetlari bilan hamkorlikda qoshma talim dasturlari asosida tahsil olishlari mumkin.