img
01/11/2021

Xorijiy fuqarolarni o’qitish markazi

Kurs mudiri:

Ulyanova Vera Markovna

Тelefon:  (+99894)677-54-45

Е-mail:  admin@tiiаmе.uz             

Web-sayt:  www.tiiаmе.uz

 


Markaz faoliyati

Chet ellik fuqarolar "TIQXMMI" MTUda 1956 yildan buyon o‘qib kelmoqdalar. Birinchi chet ellik talabalar asosiy fakultetlarda tahsil olgan. 1976 yilda universitetda chet ellik studentlar uchun tayyorlov fakulteti ochildi. Bu yerda Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi hamda Yevropadan 100 dan ortiq  talabalar rus tili  va boshqa fanlarni o‘rgandi. Hozirgi vaqtda kurslarda rus va o‘zbek tillarida darslar olib boriladi. Talabalar Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Aljir, Suriya, Iroq, Norvegiya, Shveysariya, AQSh, Peru va Saudiya Arabistonidan o‘qishga kelishadi.  Oxirgi (2013 – 2016) yillarda bizning 24 tinglovchimiz respublikamiz va hamdo‘stlik davlatlari o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga muyassar bo‘lishdi.

Boshlang‘ich daraja - 3 oy. Bu darajaga rus yoki o‘zbek tilini bilmagan talabalar qabul qilinadi. Kursning maqsadi – fonetika qoidalarini, boshlang‘ich grammatik qoidalar va oson tekstlarni o‘rganishdir.

To‘lov miqdori: 750 $

O‘rta daraja – 6 oy. Ushbu darajani bitirgan talabalar xat yozish, hujjatlar tuzishni bilishadi va suhbatlasha olishadi.

To‘lov miqdori: 1500 $

Asosiy daraja - bir yildan ikki yilgacha uzaytirilishi mumkin. O‘qishni bitirgan fuqarolar universitetlarda o‘qishi mumkin.

To‘lov miqdori: 1 yil uchun - 3 000 $

O‘qish haftasiga besh kun mobaynida olib boriladi. Darslar soat 9.30dan – 12.30 gacha davom etadi.

Kurs mudiri: Ulyanova V.M.

O‘qituvchilar:

Ulyanova Vera Markovna
Katta oʻqituvchi (rus tili) 
e-mail: kursy-tiim@umail.uz
Telefon: +998 94 677-54-45

 

Babalyans Vartanush Raffiyevna
Katta oʻqituvchi (rus tili)
e-mail: roza-029@mail.ru 
Telefon:+998 90 955-52-45

Gubayeva Mavluda Abdujabborovna
Katta oʻqituvchi (oʻzbek tili)
Telefon:+998 91 190-62-08

Qabul qilish uchun kerakli hujjatlar:

1. O‘qishga qabul qilish haqida rektor nomiga yozilgan ariza;

2.  Pasport nusxasi;

3. Chet el fuqarosining o‘z vatanida olgan ta’limi haqidagi diplomi;

4. 6 dona 3x4 hajdagi surat;

5. O‘zbekiston Respublikasida ilgari bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi  ma’lumotnoma.  

Ijtimoiy va madaniy turmush

Kurslarda tematik kechalar o‘tkaziladi, ular O‘zbekiston, Rossiya va boshqa mamlakatlarning bayramlariga bag‘ishlanadi. Bundan tashqari, tinglovchilarni o‘zbek madaniyati bilan tanishtirish maqsadida muzey va boshqa e’tiborga loyiq joylarga ekskursiyalar uyushtiriladi.

universitet talabalarga yotoqxona ajratish huquqiga ega.

Yotoqxonada bir oy yashash uchun - $30 to‘lanadi.

Kurslar o‘z faoliyatida yangi innovatsion texnologiyalar asosida ish olib boradi, Rossiyada yaratilgan darsliklardan va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanadi.

Manzil:

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh.,

M.Ulug‘bek tumani,Qori-Niyoziy qo‘chasi 39, 11 korpus, 4-qavat.