Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi​​

Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limini tashkil etish: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3698-sonli qarorining 1 va 3 bandlari ijrosini hamda O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2018 yil 5 iyuldagi 594-sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida universitet rektorining 2018 yil 3 avgustdagi 600 A/F-sonli buyrug‘i bilan ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hamda 601 A/F-sonli buyrug‘i bilan Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘lim Nizomi tasdiqlangan.

Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limining maqsadi, vazifalari:

  • ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishini tashkil etish va muvofiqlashtish;
  • innovatsion jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar tanlovini tashkillashtirish;
  • ilmiy laboratoriyalarni moddiy-texnik ta‘minlash (ilmiy-laboratoriya uskunalari, harajat materiallari va komplektlarni sotib olish);
  • universitetning innovatsion faoliyati doirasida yaratilgan, mualliflik huquqi (patent) asosida xorijda ham rasmiylashtiriladigan mahsulot va xizmatlar, shu jumladan intellectual mulk ob‘ektlari ro‘yxatini ishlab chiqish;
  • innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ilmiy tadqiqot va eksperimintlar o‘tkazish, maxsus uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun nufuzli ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlarida, shu jumladan xorijda qisqa muddatli (1 oygacha) ilmiy stajirovkalarni o‘tkazishda tadqiqotchi va talabalarni tanlab olish;
  • innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalar, granular va hayriya mablag‘larini tijoratlashtirishdan tushadigan mablag‘larni jalb qilish;
  • bank depozitiga innovatsion fond mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan ularni boshqarish;
  • jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun tizimli monitoring olib boorish.
  • universitet olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni sohaning iqtisodiy tarmoqlarga joriy qilish va tijoratlashtirishni tashkil etish;
  • byudjetdan tashqari grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash;
  • tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish;