TIQXMMI yangiliklari

img
12.03.2024

Qozog‘istonning ilg‘or universiteti bilan hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 20 aprelda qabul qilingan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli hamda 2021 yil  10 dekabrdagi  “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 sonli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda universitetga xorijiy talabalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida Qo‘rqit-ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  o‘rtasida tuzilgan o‘zaro anglashuv memorandumi asosida, Qo‘rqit-ota nomidagi Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda universitetining bir guruh talabalari “Energetika” fakulteti “Elektrtexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasiga akademik mobillik asosida amaliyot o‘tash uchun yetib keldilar hamda universitet bilan tanishtirib chiqildi.

Tanishuv davomida talabalar, “Energetika” fakulteti faoliyati, kafedralardagi ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy ishlar, universitet muzeyi, axborot resurs markazi faoliyatlari bilan yaqindan tanishtirib chiqildi. Tuzilgan yo‘l xarita asosida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi. Ayni vaqtda universitetning “Elektrtexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi 4-bosqich talabalari Qo‘rqit-ota nomidagi Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda universitetiga kafedra dotsenti O.Matchonov rahbarligida akademik mobillik asosida amaliyot o‘tash uchun yetib bordilar. Universitetda biriktirilgan kafedrada tanishuv hamda o‘quv jarayonlarini boshlab yubordilar.