14/04/2023

G‘oyalar inkubatori

 G‘oyalar inkubatori -  “TIQXMMI” MTU tarkibida 2019-yilda tashkil topgan bo‘lib, shu kungacha ko‘plab yoshlarga strat up g‘oyalar haqida boshlang‘ich tushunchalar berilib kelinmoqda. Shu o‘rinda “G‘oyalar inkubatori” tomonidan bir qancha tadbir va musobaqalar tashkil qilingan, ular respublika va universitet miqyosida bo‘lib o‘tgan. 2020-yilda “G‘oyadan-start up gacha” nomli universitet miqyosida Intelektual tanlovi o‘tkazilgan. Bu tanlov universitet talabalarini keng qamrab olgan.

2022-yilda  “G‘oyalar inkubatori”da  “TIQXMMI” MTU va uning filiallarini qamrab olgan holda  “STARTAP: NAZARIYA, AMALIYOT, ILMIY TADQIQOTLAR VA BIZNЕS INTЕGRATSIYASI” mavzusida yozgi maktab tashkil qilindi.

Ushbu yozgi maktabda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutidan jami 37 nafar talaba ishtirok etdi.

Yozgi maktab davomida xalqaro toifadagi trenerlar g‘oyani startap darajasigacha olib chiqish hamda uni biznes loyihaga aylantirish bo‘yicha o‘zlarining tajribalari va bilimlarini “G‘oyalar inkubatorida” berib o‘tishdi. Kunlik darslar yakuniga yetgach talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularga koֹ‘tarinki kayfiyat baxsh etish maqsadida turli xil madaniy va sport tadbirlari o‘tkazildi jumladan: voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka va boshqa shu kabi sport tadbirlari hamda turli mazmundagi madaniy ko‘ngil ochar tadbirlar ham tashkil etildi.

Talaba yoshlar yozgi maktabda bo‘lib o’z g’oylarini qanday qilib tayyor mahsulot ko‘rinishiga keltirish haqida nazariy bilim, ko‘nikma, tajriba va mashhur starta upperlar tajribasini o‘rganishdi.

Hozirgi paytda esa “G‘oyalar inkubatori” da 10 dan ortiq ko‘pablab tanlov va konkurslar g‘olibi, bir necha shaxsiy start upiga ega bo‘lgan tajribali talabalar mentorlik qilib kelmoqda. “G‘oyalar inkubatori” da universitet bo‘yicha 60 dan ziyod talabalar o‘z g‘oyalari ustida ishlamoqda. Bularning natijasida 2022-yilda tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 2023-yilgi mavsumida 20 da ortiq talabalar tuman bosqichi g‘olibi bo‘lishdi.