img
20/11/2023

Sirtqi bo'lim

Mardonov Sherzod Xalilovich

Ma’lumoti: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

Qabul kunlari: Har kuni: 13:00-17:00

Tel.: (90) 965-26-46

Email:  sh.mardonov@tiiame.uz

 


"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti Sirtqi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori asosida tashkil etildi. Universitetda sirtqi ta’lim kuyidagi shakllarda: sirtqi shakl hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shaklida olib boriladi. Sirtqi bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, universitet rektorining buyruqlari hamda bo‘lim Nizomiga amal qiladi.

Sirtqi bo‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

• Sirtqi ta’lim jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilishini ta’minlash;

• Sirtqi ta’lim shaklida iste’molchilarni talablariga javob beradigan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va xalqaro ta’lim standartlariga mos keladigan ta’lim sifatini ta’minlash;

• Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etadigan normativ-metodik ta’minotni takomillashtirish;

• Sirtqi bo‘limni universitetning boshqa tuzilamalari bilan hamkorlik aloqalarini olib borish va rivojlantirish;

• Fan, ta’lim va bozor munosabatlari talablarini o‘rgangan holda sirtqi ta’lim shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish va o‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish va boshqalar.

Sirtqi bo‘limda jami 1071 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan, sirtqi ta’lim bo‘yicha 1- kursda 629 nafar, 2-kursda 399 nafar, 3-kursda 27 nafar, 4-kursda 16 nafar talaba.