13/11/2021

Iqtidorli talabalar bo‘limi



Iqtidorli talabalar bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda institut raxbariyatining buyruq, farmoyish va topshiriqlar ijrosini ta’minlash;

-ilmiy ijodkorlik faoliyatiga layoqatli talabalarni aniqlash;

-iqtidorli talabalarning bazasini shakllantirish;

-iqtidorli talabalarning qiziqishlari bo‘yicha faol professor o‘qituvchilar, yosh olimlarga kafedralar kesimida biriktirish;

-kafedralarda fan to‘garaklari ishini tashkil etishni muvofiqlashtirish va samarali faoliyat yuritishlarini manitoring qilib borish;

-talabalar o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish;

-iqtidorli talabalarni xalqaro fan olimpiadalariga jalb qilish;

-iqtidorli talabalar bilan ishlash uchun moddiy texnik bazani takomillashtirish bo‘yicha muntazam takliflar tayyorlash;

-iqtidorli talabalarni salohiyatini oshirishga mo‘ljallangan turli intellektual tanlovlarni tashkil etish;

-talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha “Yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy - amaliy anjumani”ni tashkil etish;

-iqtidorli talabalar uchun yo‘nalishlar bo‘yicha seminar treninglar, vebinarlar, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish;  

-iqtidorli talabalarning ilmiy innovatsion g‘oyalari bilan respublika va xalqaro tanlovlardagi ishtirokini ta’minlash;

-iqtidorli talabalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha institut raxbariyatiga takliflar berish;

-iqtidorli talabalarni erishgan yutuqlarini institutda va OAVda muntazam yoritib borish;

   






     Xolmatov Zahiriddin Muhammadi o‘g‘li Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i  

     Telefon nomer: 99-929-78-45

     Elektron pochta manzili: zahiriddin_xolmatov@tiiame.uz

 

 

 

 

 

 

 

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi metodisti vakant