img
01/11/2021

Bo'lim haqida

«Marketing va talabalar amaliyoti» boʻlimi boshlig'i

Hayitov Xolmurod Jamardovich

+998-71-237-09-85

E-mail: x.xayitov@tiiame.uz

 

 


“Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanib ish ko‘radi.

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limining maqsadi

Ta’lim xizmatlari bozorida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, hamkorlik shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limining faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazoratga olish

1. «Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limining faoliyati "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti rektori tasarrufida bo‘ladi.

2. «Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limi o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta hisobot beradi.

3. «Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

4.«Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limi faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazoratga olinadi.

KARYERA MARKAZI

“Karyera markazi”ning maqsadi va vazifasi

  • Talabalarni raqobatdosh xodim bo‘lishiga va ularni o‘z sohasi bo‘yicha malakaviy ko‘nikmalarni oshirishga ko‘maklashish;
  • Iqtisodiyot tarmoqlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularga ish topishda ko‘maklashish;
  • Korxona, tashkilot va muassasalar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil etish;
  • Talabalarni kasbiy faoliyatiga qiziqishini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
  • Bitiruvchilar bilan Oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyatlari (karyerasi) to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish.

Ish beruvchilar

  • Korxona, tashkilot va muassasalar bilan institut o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish;
  • Korxona, tashkilot va muassasalarning yangi xodimlarga bo‘lgan talablari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish;
  • Talabalar uchun korxona, tashkilot va muassasalar bilan uchrashuvlar tashkil etib borish;
  • Bitiruvchi talabalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish amaliyotini tashkil etish;
  • Ish beruvchilar soha mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida suhbatlar, seminarlar, ma’ruzalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
  • Ish beruvchilar Karyera kuni ko‘rgazmalarida faol ishtirok etishi;
  • Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlarni institut elektron pochta manziliga yuborib turish.

Talabalar

  • Mehnat bozorida sohaga mos vakansiya izlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • Ishga kirish uchun rezyumelar tayyorlash;
  • Ish beruvchi bilan suhbatdan o‘tishi.

Tadbirlar

  • Karyera kuni yarmarkasi;
  • Ish beruvchi va talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;
  • Oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilar va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazish.

Kasbga yo‘naltirish

  • Rezyume (ma’lumotnoma) tayyorlash;
  • Suhbat;
  • Taqdimotlar.

Onlayn manbalar

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimi bilan hamkorlikda soha bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarini elektron bazasini yaratib institutning ish e’lonlari bo‘yicha vebportalida yoritish;
  • Elektron baza har oyda yangilanib borilishi va unga yangi bo‘sh ish o‘rinlarini kiritib borish;
  • Korxona, tashkilot va muassasalarning kadrlarga bo‘lgan talablari bazasini yaratish;
  • Ish portalida talabalarning tarjimai hollarini joylashtirish;
  • Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlarni bitiruvchilarning elektron pochta manzillariga yuborib turish.


1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005/2006 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida” 2005-yil 2-iyundagi PQ-92-son, “Respublika oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2360-son hamda “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-42-sonli Qarorlari asosida ishlab chiqildi.

2. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari Universiteti” Milliy tadqiqot universiteti (keyingi oʻrinlarda-Universitet) Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi (keyingi oʻrinlarda - Boʻlim) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash borasidagi hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyruqlari asosida faoliyat yuritadi.

 

2-bob. Boʻlimning maqsad va vazifalari

3. Universitetda tayyorlanayotgan oliy maʼlumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini oʻrganish asosida maʼlumotlar baʼzasini shakllantirish.

4. Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini oʻz ichiga olgan holda taʼlim xizmatlari isteʼmolchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega boʻlgan tashkilotlar-davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali toʻliq maʼlumotlar bankini yaratish.

5. Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni Universitetning Kengashlarida muhokamaga qoʻyish uchun kiritish, bu borada Universitetining tegishli boʻlimlari bilan hamkorlik qilish.

6. Universitetda kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish.

7. Universitet bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.

8. Taʼlim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish, yosh mutaxassislarga boʻlgan talab koʻrsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish.

9. Respublika muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlari qondirilishiga Universitet faoliyatini yoʻnaltirish.

10. Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha raqobatli taʼlim xizmatlarining paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan xizmatlar bozori konyukturasining oʻzgarishini tahlil qilib borish hamda yangicha rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.

11. Universitetda marketing xizmati jarayonlarining tez oʻzgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan oʻzaro bogʻliqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (isteʼmolchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy maʼlumotli yosh mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini hududlar boʻyicha oʻrganish.

12. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

13. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik va aloqa oʻrnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa maʼmuriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati toʻgʻrisidagi fikrlarini oʻrganib borish.

14. Universitetda kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va taʼlim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taʼminlash boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

15. Yosh mutaxassislardan kadrlar isteʼmolchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga koʻmaklashish.

16. Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini Universitet kengashida muhokama qilish.

17. Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va isteʼmolchi (buyurtmachi) korxonalar hamkorligini taʼminlash.

18. Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin boʻlgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga koʻmaklashish.

19. Belgilangan muddatlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Universitetning joriy yildagi bitiruvchilari toʻgʻrisida taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar), ishga yoʻllanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan maʼlumotlarni taqdim etib borish.

20. Mehnat bozori konyunkturasini oʻrganish, qabul parametrlariga takliflarni isteʼmolchilarning bitiruvchilarga boʻlgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi Universitetning maʼlumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni oʻz vaqtida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etib borish.

21. Bitiruvchilarni isteʼmolchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis toʻgʻrisidagi tavsiya va takliflarini eʼtiborga olgan holda taqsimlash.

22. Talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha korxona, muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hamda shartnomalar imzolash.

23. Talabalar amaliyotini taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislikka mos korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etilishini taʼminlash.

24. Talabalar amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini oʻrganish, oʻrganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib Universitet rahbariyatiga taqdim etib borish.

25. Talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy va milliy tajribalarni oʻrganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

26. Talabalar amaliyotini tashkil etilish yuzasidan tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

27. Taʼlim xizmatlari eksportini tashkil etish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3-bob. Boʻlimning tuzilishi va moliyaviy taʼminlanishi

28. Boʻlim xodimlarining soni Universitetning namunaviy shtatlari asosida belgilanib, rahbarlikni boshliq amalga oshiradi. Boʻlim xodimlarining shtat jadvali belgilangan tartibda rektor tomonidan tasdiqlanadi.

29. Boʻlim xodimlarining ish haqi (razryad)lari Universiteti uchun belgilangan lavozimlar miqdorida tasdiqlanadi va boʻlimning ish natijalariga koʻra, rektor tomonidan belgilangan tartibda byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan ustama belgilanishi mumkin.

 

4-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish

30. Boʻlim toʻgʻridan-toʻgʻri Universitet rektoriga boʻysunadi.

31. Boʻlim oʻz faoliyati natijalari boʻyicha Universitet Kengashida har yili kamida bir marta hisobot beradi.

32. Boʻlim tegishli maʼlumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.

33. Boʻlim faoliyati Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va oʻrnatilgan tartibda nazorat qilinadi.

5-bob. Yakunlovchi qoida

34. Boʻlim faoliyatini tugatish yoki qayta tashkil etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  Djoniqulova Barno Musulmonqulovna

  Теl: +998-71-237-09

  Rajabova Muxabbat Muxammad qizi

  Теl: +998-71-237-09

  Choriyeva Shaxlo Eshnazarovna

  Теl: +998-71-237-09-85