img
01/11/2021

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

Haydarov Zuhriddin Rabievich

Tel: 71 237 19 87

Email: manaviyat_z@tiiame.uz

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi 1997-yilda tashkil etilgan. Bo‘lim o‘z vazifalaridan kelib chiqib, talabalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga mehr – muhabbat, ozod va obod mamlakat barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga doir universitetda o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi. Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarimizni bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida turli ilmiy, ijodiy va badiiy to‘garaklar, klub va yig‘inlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.

Shu bilan birga talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishi hamda universitet Axborot-resurs markazining ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qilib boradi. Bo‘lim yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda universitetning jamoat tashkilotlari ya’ni universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Xotin-qizlar malahat kengashi, universitet madaniyat saroyi hamda “Gumanitar fanlar”, “Professional ta’lim” va “Jismoniy madaniyat va sport” kafedralari bilan chambarchas holda faoliyat olib boriladi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.

Bo‘limning tarkibiy tuzilishi

Bo‘lim boshlig‘i, 4 nafar uslubchilar, universitet psixologi, universitet akademik guruhlari tyutorlari, talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari, madaniyat saroyi xodimlari, Besh muhim tashabbus markazi faoliyati

Bo‘limining asosiy maqsadi

Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
  • Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
  • talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;
  • talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
  • talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;
  • talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;
  • talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
  • talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
  • manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
  • Yangi O‘zbekiston sharoitida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
  • talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
  • milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
  • talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
  • universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;
  • diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
  • yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish
  • yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
  • yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
  • talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko‘maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;
  • Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.

UNIVERSITET TALABALAR UYUSHMALARI VA CLUBLARI

 

MUTOLAA UCHUN MUHIM MANBALAR

Komillikka intilishning muhim mezoni kitob mutolaasi bilan chambarchas bog'liq. Shunday ekan zamon bilan hamqadamlik davr ruhi va shukuhiga yo'naltirilgan kitoblarni o'qishdir. Bu esa targ'ibotning muhim mexanizmidir. Kitob mutolaasi mulohaza qilishga, teran fikrlashga undaydi. Duch kelgan kitobni qo'lga olib o'qish emas, balki saralangan tanlangan kitoblar inson dunyoqarashini o'stiradi. E'tiboringizga havola etilayotgan ushbu kitoblarni o'qing, ular yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.