img
04/06/2024

Axborot (matbuot) xizmati

Mazkur ta’lim muassasasi tashkil etilgandan buyon uning faoliyatiga doir yangilik va xabarlar markazlashgan tartibda, shtat birligi asosida amalga oshirilmagan. Bu vazifa muayyan bir xodimga qo‘shimcha yumush sifatida yuklatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan axborot siyosati va matbuot xizmatiga jiddiy e’tibor qaratildi.

Ma’lumki, axborot va matbuotning mamlakat hayotidagi o‘rni va ijtimoiy jarayondagi mavqei ayniqsa, bugungi globallashuv davrida yuqori bo‘lganligi uchun davlat va hukumatimizning unga e’tibori benihoya baland bo‘lib qator qonun, qarorlar qabul qilinib, farmonlar e’lon qilinganidan anglash mumkin. Buning isboti mustaqillik davrida e’lon qilingan qator hukumat hujjatlarda aks etgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2006 y.), «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi  qonun (26.04.1997), «Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun (26.04.1997) kabi qator hukumat hujjatlari bunga misoldir.

Keyingi davrlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yuksak darajadagi e’tiborining hosilasi sifatida bir qator qonun va qarorlarining qabul qilinishi diqqatga sazovordir.

 «Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (PF-5653, 04.02.2019), «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (PQ-3775-son 05.06.), «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-4366, 27.06.2019 y.) bu yo‘ldagi dadil qadam bo‘ldi.

Ayniqsa, «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-4366, 27.06.2019 y.) bugungi kunda barcha tashkilot va muassasalardagi axborot va matbuot xizmatlari rahbari hamda xodimlari uchun ijro, faoliyat mezoni hamda yo‘l-yo‘riqdir.

Qarorga asosan belgilab qo‘yilgan imkoniyatlar, faoliyat va vazifalar:

b) davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari: bir vaqtning o‘zida davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ladi hamda mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra davlat organi va tashkiloti rahbarining o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

e) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari:

-axborot xizmatlarining zamonaviy moddiy-texnika vositalari, shu jumladan, televizor, foto va video yozib olish vositalari, yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanish imkoniyati, zarur dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlanganligi, shuningdek, malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;

Matbuot kotibi o‘z faoliyatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020 - yil 12 - oktyabrda o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim vazirining (2020-yil 5-noyabrdagi) 576 – sonli buyrug‘idan

6. Vazirlik tizimidagi tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, filiallar va hududiy boshqarmalar rahbarlari:

… umumiy shtatlar doirasida axborot xizmatiga kamida 2 nafardan boshqaruv xodimi ajratilishi ta’minlasin. Ichki imkoniyatlar yetarli bo‘lmagan holatlarda, axborot xizmatlari uchun mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini ko‘rsin.

Shunga asosan, matbuot kotibining vazifalari asosan quyidagilardir.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va universitet rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

-axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;

-keng jamoatchilikni institut faoliyati, uning sohasiga doir normativ- huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

- ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, universitetda ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

-Universitetning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

-Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda institut xodimlari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

-Universitet faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida universitet rektoriga axborot berish;

-Universitetning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va video materiallar, ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

Matbuot kotibi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:

OAVda, (asosan, shartnoma qilinganlari bilan) shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi, shuningdek, ularning veb-saytlarida, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish hamda yangilab borishni ta’minlaydi;

-universitet rahbarlari ishtirokida tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;

-OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga yozma shaklda,  shu jumladan, elektron shaklida axborot taqdim etadi;

-OAVga taqdim etish zarur bo‘lgan axborotni universitet bo‘limlari bilan hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi;

-Universitet faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi;

-Universitet veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritilishini ta’minlaydi;

-Universitet faoliyatiga oid foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

Matbuot kotibi o‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAVning institut  faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

2017 – yildan buyon Universitetdagi ta’limiy-o‘quv jarayonlar va shu boradagi yutuqlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida xabar va maqolalar universitet saytida, shuningdek, muntazam ravishda notiq.uz vebsayti va notiq.uz telegram kanalida berib kelinadi.

Universitet tarixidagi birinchi matbuot kotib, professor R.M.Jumaniyozov bo‘lib, u Davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar va sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini yetkazish bobida «Yangi O‘zbekiston», «Jamiyat», «Ma’rifat» kabi matbaa nashrlarida maqolalar e’lon qilish asnosida, «Madaniyat va ma’rifat», «Toshkent», «O‘zbekiston tarixi», «O‘zbekiston-24» kabi telekanal va bir necha radiokanallarda faol qatnashib, universitet hayotidagi  yangiliklar haqida ham xabar berib keladi.

Ayni paytda u O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi va Oliy majlis Senatining maxsus topshirig‘iga binoan saylov qonunchiligi bo‘yicha trenerlar va milliy zaxira kadrlariga boshqaruv mexanizmi hamda rahbarlik faoliyatida Notiqlik san’ati va mahorati yuzasidan ma’ruza o‘qib keladi. Uning «Pedagogning kommunikativ kompetentligi – sifatli ta’lim mezoni», «Til taktikasi - taraqqiyot strategiyasining ta’sirchan mexanizmi» nomli ilmiy-amaliy ma’ruzalari ta’lim vazirliklari e’tiboriga tushdi.