img
30/03/2023

Sport majmuasi

Norqobilov Muhiddin Najimovich

"Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi  dotsenti,

m.norqobilov@tiiame.uz

+9989(71) 237-19-41

Universitet talaba-yoshlariga jismoniy tarbiya bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tish, ommaviy sog‘lomlashtirish sport tadbirlarini o‘tkazish hamda universitet jamoasining sport bilan shug‘ullanishlari uchun yopiq va ochiq sport maydonlari, alohida 2 ta yechinish xonalari, 2 ta xojatxona hamda 2 ta yuvinish xonalari mavjud bo‘lib, jami 4784 kv metr maydonni tashkil etadi. Shundan; yopiq sport zallarida sportning mini-futbol, gandbol, voleybol, basketbol, milliy kurash, stol tennis, shaxmat-shashka, zamonaviy jihozlangan trenajyor (fitnes) zallari kiradi. Ochiq sport maydonlarida jumladan; suniy chim qoplamali zamonaviy mini-futbol maydoni, voleybol, stritbol, workout, badminton, qum tushumali uzunlikka sakrash hamda yugurish yo‘lakchalarida dars mashg‘ulotlari hamda sport tadbirlari o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Turli sport turlaridan talaba-yoshlar o‘rtasida milliy bayramlariga bag‘ishlangan sport tadbirlar  hamda taqvim reja asosida “Dekan kubogi”, “Rektor kubogi”, “Universitet birinchiligi” sport musobaqalari o‘tkazilib boriladi. Mazkur sport tadbirlardan saralangan iqtidorli sportchi talabalar shahar hamda respublika miqiyosida OTM lari sport klublari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Vazir kubogi” hamda “Universiada” dasturidan o‘rin olgan sport musobaqalarida o‘z terma jamoalarimiz bilan faol ishtirok etib o‘zimizga xos bo‘lgan natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqdamiz. O’tkazilgan sport tadbirlardan sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan iqtidorli sportchi talabalarimiz, 2019-2023 o‘quv yillari bo‘yicha 105 nafari  I-II-III darajali sport razryadiga ega bo‘ldilar.  

Yopiq sport maydonlari

Suzish – ruhiyat va salomatlik tayanchi

Qattiq ochiq sport maydoni

Ochiq sport maydonlari

Fitniss (tryenajyor)