img
24/06/2022

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i

Gapparov Akbar Umirovich

+ 99890 920-55-74

Qabul kunlari: xar kuni (10:00-12:00)    

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi haqida

Bo‘limning faoliyati Universitetda “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida bevosita Universitet rektoriga bo‘ysunadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik)ning Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga xisobot beradi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va Hay’ati qarorlariga, Universitetning ichki buyruqlari, mazkur Nizom, shuningdek boshqa qonun xujjatlariga amal qiladi. Bo‘lim o‘z faoliyatini Universitetning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro xamkorlikda amalga oshiradi.

Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Universitetda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
  • Oliy ta’lim tizimida Korrupsiyasiz soha loyihasini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
  • Universitetda korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
  • Universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
  • Universitetda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
  • Universitetda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
  • Oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jixatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
  • Universitet huzuridagi maktab, akademik litsey, texnikumlar korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.

Bo‘lim bosh mutaxassisining asosiy funksional vazifalari

  • Universitet pedagog xodimlari, talaba yoshlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni qiynayotgan tizimli muammolarni o‘rganadi, oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘tkaziladigan o‘rganishlar, tekshirishlar, taxlillar xamda ishlab chiqiladigan takliflarda mutaxassislarni jalb etishda ishtirok etadi; korrupsiyaga qarshi o‘quv-uslubiy va metodik jixatdan, jumladan audio-video roliklar, foto hamda buklet va broshyura kabi materiallarni yaratishni yo‘lga qo‘yadi;
  • Universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa so‘rovlarni tashkil etadi;
  • Bo‘lim boshlig‘i bo‘lmaganda, bosh mutaxassis faoliyatni muvofiqlashtirib boradi;
  • qonunchilik xujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga murojat uchun:

@TIQXMMI_Antikorrupsiya_bot

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi NIZOMI