Innavotsion ishlanmalar
1. |
|
“ROTOR-DISKLI DON MAYDALAGICH” RDD-100
Chorva va parrandalar uchun donli ekinlar: makkajoʼxori, bugʼdoy, arpa, suli va shu kabi boshqa don maxsulotlarini turli o‘lchamlarda maydalashga (yorma sifatida) mo‘ljallangan. Takomillashgan mazkur qurilma o‘zining bir qator qulayliklariga ega bo‘lib, 220 V elektr tokida ishlaydi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik tarmoqlarida hamda uy sharoitida ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lib, har tomonlama qulay va energiya tejamkordir. Soatiga 230-250 kg don maxsulotini turli o‘lchamlarda maydalash imkoniga ega. |
2. |
|
PAST BOSIMLI SUV OQIMLARI UCHUN ENERGIYA SAMARADOR MIKRO GIDRO ELEKTROSTANSIYA
Past bosimli suv oqimlarida ishlovchi mikroGESning konstruktiv va ish rejimi parametrlari modellashtirilib,uning konstruksiyasi takomillashtirilgan.Past bosimli suv oqimlarida ishlovchi mikroGESning funksional sxemasi matematik modellashtirish asosida ishlab chiqilgan.Katta bo‘lmagan sug‘orish tarmoqlari (kanal va ariqlar)ga o‘rnatish orqali elektr ta’minoti og‘ir bo‘lgan xududlarda aholi xonadonlari, kichik korxonalar va tadbirkorlarni qo‘shimcha elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. |
3. |
|
MEVA VA UZUMGA SHARBAT OLISHDAN OLDIN ELEKTR IMPULSLI ISHLOV BERISH QURILMASI
Meva va uzumga sharbat olishdan oldin elektr impulsli razryad bilan ishlov berish orqali meva xujayralari tarkibidagi sharbatni berishga bo‘lgan qarshiligini kamaytirish hisobiga ulardan sharbat chiqishi 8-10 % ga ortadi.Meva sharbati ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi barcha turdagi korxonalar, firmalar va yakka turdagi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan. |
4. |
|
YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH MASHINASI
Yomg‘irlatib sug‘orishda o‘simlikdagi fotosintez jarayoni yaxshilanadi, organik moddalarning rivojlanishi va to‘planishi kuchayadi. Yomg‘irlatib sug‘orishda o‘simliklarni bargidan oziqlantirish imkoniyati yaratiladi. Sug‘orishni sutkaning ixtiyoriy vaqtida, yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan usulda o‘tkazish mumkin, istalgan (hisoblangan, kerakli) sug‘orish me’yorini, xatto eng kichigidan (30 m3/ga) boshlab berish mumkin. Yer ustidan sug‘orishda katta hajmdagi tekislash ishlarini talab etadigan yoki suvning sizilishdagi (filtratsiya) sezilarli darajada yo‘qotishlar bilan bog‘liq. Sabzavot, kartoshka, g‘alla va chorva ekinlariniyetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari.
|
5. |
|
ENERGIYA VA RESURSTEJAMKOR KARTOSHKA EKISH AGREGATI
Kartoshka ekish mashinasi urug‘lik kartoshkalarni agrotexnik talab darajasida sifatli ekish, ish unumini 5-8% oshirish, metall sarfini 25-30%, yonilg‘i va energiya sarfini 5-10% kamaytirish imkonini yaratadi.Mashina traktorga osish moslamasi bilan jihozlangan rama, tayanch-xarakat uzatuvchi g‘ildiraklar, bunker, gidravlik boshqariladigan iztortgichlar, ekish seksiyasi kabi qismlardan iborat.Taklif etilayotgan kichik-kompakt va konstruktiv tuzilishi sodda bo‘lgan kartoshka ekish mashinasi (kartoshka ekkich), o‘zining gabarit o‘lchamlar, massasining yengilligi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, xorijiy analoglarga nisbatan arzon va tejamkor.Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari. |
6. |
|
NEMATODA KASALLIKLARIGA QARSHI ELEKTR IMPULSLI ISHLOV BERISH QURILMASI
Nematoda bilan zararlangan ildiz poyasiga ishlov berilgandan so‘ng hosildorlikni 1,5 baravargacha oshirish mumkin. Elektr impulsli razryadlari bilan ishlov berilgan yer (issiqxona bo‘limlarida) nematoda kasalligi qo‘zg‘atuvchilari va lichinkalarining nazorat varianti (ishlov berilmagan) yer uchastkalariga nisbatan 85–90 % ga kamayish imkonini beradi.Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar. Sabzavot – poliz ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer, dehqon va yakka tadbirkor xo‘jaliklari, yopiq (issiqxona) va ochiq maydonlarda pomidor, bodring, shuningdek boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtiruvchi xo‘jalik sub’ektlarida qo‘llaniladi. |
7. |
|
Nasos stansiyalarida sug‘orish tizimida qaytarish klapani ko‘p vaqt suvni ushlab turishi lozim. Lekin ekspluatatsiya davomida qaytarish klapani suvni ko‘p vaqt ushlab turolmaydi. Tarmoqda qisqa vaqt ichida kuchlanish uzilib kolsa, nasos agregatini mashinist qayta ishga tushirishi kerak. Agar mashinist bexabar bo‘lib qolsa, unda bu nasosni qayta ishga tushirish uchun ko‘p vaqt sarflanadi, ya’ni suv bilan qaytadan to‘ldirish vakkumini hosil qilish lozim. Bu muammolarni bartaraf etish uchun avtomatik qayta ulash sxemasi ishlab chiqildi.Suv xo‘jaligi vazirligi. Nasos stansiyalari boshqarmasida. Gidrotexnik inshootlaridan foydalanish boshqarmasida qo‘llaniladi. |
8. |
|
CHO‘KMA NASOSLARNI VAQT REJIMINI MASOFADAN BOSHQARISH QURILMASI
Ushbu nasos agregatlari vaqt grafigi asosida ishlaydi, ya’ni vaqti-vaqti bilan, bunday holatda suv berish vaqtida operator vaqt grafigi bo‘yicha xar bir suv berish punktiga borib nasos agregatini ishga tushiradi va buning uchun ko‘p vaqt sarflaydi. Inson faktorini inobatga olgan xolda ushbu jarayonda bir qator muammolar yuzaga keladi. Mazkur muammolarni bartaraf etish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun boshqaruv tizimiga masofaviy vaqt rejimiga ega bo‘lgan qurilmadan foydalanish tizimi ishlab chiqildi. “Suvsoz” DUK ichimliksuv ta’minoti inshootlarida qo‘llaniladi. |
9. |
|
QUDUQLARDA SUV SATHINI O‘LCHASH QURILMASI
Ushbu qurilma yer sathidan bir necha metr chuqurlikda joylashgan suv satxlarini balandligini aniqlaydi. Shuningdek, yer osti suvlarini chiqarib beradigan nasos agregatlari o‘rnatilgan quduqlarda qurilmadan foydalanilsa doimiy ravishda suv satxini aniqlab turish hamda nasos agregatlarini ishdan chiqish (buzilish, elektr dvigatellarni kuyishi) ni oldini oladi.Tuman suv xo‘jaligi bo‘limlari, fermer va dehqon xo‘jaliklarida qo‘llaniladi. |
10. |
|
NAMLIK VA HARORATNI O‘LCHASH QURILMASI
Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi barcha toifadagi xo‘jaliklar, issiqxonada qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun tuproq va havo harorati hamda namligini muntazam kuzatib borish imkonini ta’minlovchi mazkur qurilmani ishlatish uchun oddiy, ixcham va qulay bo‘lib, tuproq tarkibidagi namlik va haroratni aniqlash jarayonida talab etiladigan uzoq vaqt va mehnatni yengillashtiradi. Bir vaqtning o‘zidan 8 nuqtadagi namlik va harorat ko‘rsatkichlarini kuzatib borish imkoniyatiga ega. Xorijiy analoglarga nisbatan arzon va tejamkor.Mazkur qurilmadan foydalanib ish yuritish, xo‘jalik, korxona va boshqa sub’ektlarda namlik va haroratni aniqlash uchun sarflanadigan ishchi kuchi va vaqtni tejab qolish imkonini beradi. |
11. |
|
Aholi xonadonlarida nisbiy namlik va harorat darajasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan.Mazkur qurilma bolalar xonasida havo harorati va namligini doimiy ravishda nazorat qilish imkoniga ega. Shuningdek, mazkur qurilmadan oziq-ovqat maxusotlari, boshqa turdagi maxsulotlarni saqlash omborxonalari, issiqxonalar va shunga o‘xshash doimiy nazoratda bo‘lishini talab etuvchi inshootalarda qo‘llash uchun mos keladi.Aholixonadonlari, issiqxonalar, inkubatoriyalar, omborxonalarvaboshqalaruchunmo‘ljallangan. |
12. |
|
TELEFON ORQALI NASOS STANSIYASINI BOSHQARISH VA SIZOT SUV SATHINI KUZATISH QURILMASI.
Mazkur mini kompleks tizim operatorning mobil telefoni orqali masofaviy boshqaruvga va avtomatik rejimiga ega. Avtomatik rejimi va masofaviy boshqaruv kamandalari operatorning mobil telefoni orqali SMS ko‘rinishida beriladi. Quduqdagi suvning va nasos agregatining holati haqidagi ma’lumotlar tizim tomonidan operatorning mobil telefoniga SMS ko‘rinishida yuborib turiladi. |
13. |
|
NASOS AGREGATLARINI BIR TUGMA ORQALI BOSHQARISH QURILMASI.
Ushbu qurilma foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish paytida juda qulaydir. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda, inson zakovati boshqa tugmachalarga avtomatlashtirishning boshqa vositalari haqida o‘ylamasdan tezda javob beradi.
|
14. |
|
KLAPANLAR UCHUN AVTOMATIK NAZORAT QILISH BLOKI
Xududning bir qismini sug‘orish kerak bo‘lgan vazifani avtomatik ravishda boshqaradi. Qurilmaga kuyosh panelidan foydalanish mumkin. Yelektro yenergiyani tejamkorligini oshirib, suv isrofgarchiligini oldini oladi. Quyosh panelidan zaryad olgan akkumulatorni ortiqcha zaryadidan avtomatik ximoyalangan. |
15. |
|
DAG‘AL OZUQALARNI MAYDALASH QURILMASI
Chorvachilik xo‘jaliklarida presslangan dag‘al ozuqalarni maydalash qurilmalarining yo‘qligi sababli ozuqalar qo‘l kuchi yordamida, ko‘p hollarda maydalanmasdan berilmoqda. Ozuqalarni maydalanmasdan berilishi hisobiga ularning 25-30 % gacha qismi chiqitga nushxurtga chiqib ketmoqda. Bu esa jamg‘arilgan ozuqadan foydalanish samaradorligining pasayishi va sarf xarajatlarning ortishiga olib kelyapti.Tavsiya etilayotganushbuqurilmaqulay, hamyonbopvaishunumiyuqori, ozuqalarnibelgilanganzootexniktalablardarajasidamaydalabberishnita’minlaydi.Qishloq xo‘jaligi, chorvachilikka ixtisoslashgan oilaviy va fermer xo‘jaliklarida qo‘llaniladi. |
16. |
|
PILLAGA DASTLABKI ISHLOV BERISH QURILMASI
Pillaga dastlabki ishlov berishda kimyoviy moddalardan foydalanish inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari pilladan olinadigan ipakning sifat ko‘rsatgichlarini yomonlashtiradi. Tavsiya etilayotgan tirik pillalarga o‘ta yuqori chastotali elektr magnit maydon bilan dastlabki ishlov berish qurilmasi energiya tejamkor, pilla qobig‘iga ta’sir etmasdan bevosita pilla ichidagi g‘umbakga ta’sir etganligi uchun, pilladan olinadigan ipakning sifat ko‘rsatgichlarini saqlanib qolinishini taminlaydi. |
17. |
|
Ushbu ishlanmada mahalliy xom-ashyolarga asoslangan issiqlikka chidamli keramik plitalar tayyorlash tizimi, chinni zavodlarning ish faoliyati tizimida energiyadan foydalanish va uni akkumulyatsiyalash jarayoni va bu jarayonda Quyosh energiyasidan foydalanish qonuniyatlaridagi holatlar ifodalangan. |
18. |
|
Ushbu ishlanmada zargarlik buyumlariga texnik xizmat ko‘rsatish paytida juda qulaydir. Shuningdek, favqulotda vaziyatlarda, inson zakovati boshqa tugmachalarga avtomatlashtirishning boshqa vositalari haqida o‘ylamasdan tezda javob beradi.Zargarlik sohasi, Keramik materiallardan foydalanuvchi ilmiy tashkilotlar va uning tasarrufidagi korxona va ilmiy laboratoriyalarda qo‘llaniladi. |
19. |
|
YUQORI HARORATLI AVTOMATLASHTIRILGAN MUFEL PEChINI ISHLAB CHIQISH
Yuqori haroratli elektr isitgichlar 1300-1700 sharoitida keramik materiallarni sintez qilishga mo‘ljallangan. Asosiy isitish moslamasi karbid kremniy va xromel lantaldan tashkil topgan. 220 volt kuchlanishda 2.5 kvt quvvatga ega. Ushbu pech foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish jihatidan, tannarxining 50% arzonligi, hajmiy jihatdan ixcham va ishchi kamerasining kattaligi bilan importmahsulotlaridan farqlanadi. |
20. |
|
DEFUSE-IT "INTELLEKTUAL TIZIM ORQALI YUQORI SHO‘RLANGAN SUVLARNI TOZALASH USKUNASI"
PID rostlash qonuniyatiga asoslangan intellektual tizim yordamida yuqori sho‘rlangan suv manbalarini tozalash konstruksiyasi yaratildi. Yaratilgan uskuna porsion suv aralashtirish metodiga asoslangan bo‘lib kichik suv tozalash imkoniyatiga ega bo‘lgan RO(reverse osmosis) filterga nisbatan ko‘proq suv tozalash imkonini beradi. Uskuna yuqori sho‘rlanganlik darajasiga ega bo‘lgan suv manbalaridan sug‘orishda foydalanish imkoniyatini beradi.Uskuna avtomatik tarzda suv manbasini analizini amalga oshiradi va suv tozalash rejimini belgilaydi.
|
21. |
|
Ushbu mobil ArcGIS dasturi uchun yaratilgan bo‘lib, yerlarni sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan tuproq ayirmalarini avtomatlashgan tizim asosida vizuallashtirish va axborotlarni konvertatsiya qilish imkonini beradi. Shu bilan birga vaqt unumdorligi va ish sifati ikki barobariga ortadi. |
22. |
|
IJROCHI MEXANIZMINI AVTOMATIK XIMOYA VA BOSHQARUV SHKAFI (40 kvt gacha)
Ijrochi mexanizmini ishdan chiqishining salbiy oqibatlarni oldini olish, kutiladigan katta sarf-harajatlarni kamaytirish (dvigatellarni kuyishi, nasos agregatlarini ishdan chiqishi va h.k.) imkoniyatini to‘liq ta’minlovchi nasos agregatini avtomatik himoya qilish boshqaruv shkafi yaratilgan. |
23. |
|
UZUMZORNI AVTOMATIK HIMOYA QILISH QURILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi uzumzorlarning qushlardan avtomatik himoyasi bo‘yicha ishlar olib borilishi zarur. Yaratilgan qurilma asosida uzumzorlarni qushlardan himoya qilishning avtomatik tizimi joriy qilinadi. Natijada, inson mehnati osonlashtiriladi. |
24 |
|
“QUYOSH-SHAMOL” MOBIL ELEKTR STANSIYASI+ MOBIL ELEKTROMEXANIK QURILMA “Quyosh-shamol” mobil elektr stansiyasi+mobil elektromexanik qurilmani qo‘llab olis xududlarda kafolatlangan energiya ta’minotning joriy etilishi asosida olis xududdagi energiya yetishmasligi oqibatida foydalanishdan chiqqan ekin maydonlarida qishloq xo‘jalik maxsulotlari yetishtirish, buning natijasida yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati yaratiladi.
|
25 |
|
SUG‘ORISH EGATLARI TUBINI ZICHLASH QURILMASI Egat ko‘ndalang kesimining turg‘un profilini va loyihaviy nishabligini ta’minlovchi yangi texnik vosita, ya’ni egatning uzunligi bo‘yicha uning tubida gruntning notekis zichlanishini yaratuvchi qurilma hisobiga egatning butun uzunligi bo‘yicha tuproqni tekis namlash va sug‘orish uchun suv sarfini qisqartiradi. |