24/03/2023

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Akademiklar uchun Ingliz tili” kursi

 

    Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi,  Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi va  O’zbekistondagi Britaniya Kengashi hamkorligida oliy ta’lim tizimidagi professor-o‘qituvchilariga mo‘ljallangan “Akademiklar uchun Ingliz tili ” kursi dasturi ishlab chiqilgan.

 

        Ushbu dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2909-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash asosida, oliy ta’lim tizimidagi professor-o‘qituvchilarni xorijda malaka oshirish, stajirovka va almashinuv dasturlarida qatnashish hamda o‘z sohalarida amaliy va ilmiy konferensiyalarda samarali ishtirok etishda, maqolalar chop etishda xalqaro talablar darajasida faoliyat yurita olish uchun zarur bo‘ladigan ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, dasturni ishlab chiqishda Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference) va O’zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘rganishga qo‘yiladigan talablar e’tiborga olingan.

    

           Mazkur maqsadda joriy yilning 1-mart sanasida "Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muxandislari Instituti" Milliy tadqiqot universitetining Britaniya Kengashi hamkorligida tashkil qilingan Kasbiy Rivojlantirish Markazida “Akademiklar uchun Ingliz tili” kurslari o‘z faoliyatini boshlagan edi. Mazkur kursda (3 xafta auditoriya va 2 oy onlayn mashg‘ulotlari) 30 ga yaqin turli mutaxassislikdagi   professor-o‘qituvchilar ishtirok etib kelishmoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek kurs tinglovchilari dasturga binoan  chet tillari bo‘yicha umume’tirof etilgan xalqaro CEFR me’yorlarga ko‘ra A2, B1 va B2  darajalarga ajratilib, kurs faol o‘qish va on-layn rejimidagi mustaqil ta’lim shaklida olib borilmoqda.