11/04/2023

Barqaror rivojlanish bo’yicha innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasteri

“TIQXMMI” MTU qoshida tashkil etilgan “Barqaror rivojlanish bo’yicha innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasteri” 2019 yilning mart oyida Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM)ning O’zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan

Barqaror rivojlanish bo’yicha innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasteri  maqsadi

Rivojlantirish loyihalarining barqarorligini va natijadorligini oshirishga qaratilgan kadrlar bazasini shakllantirishga ko’maklashish, yosh mutaxassislarni va talabalarni ilmiy va loyihalashtirish faoliyati bilan shug’ullanishlariga jalb qilish, mantiqiy va tanqidiy yondashish tafakkurini singdirish, jahon ta’lim manbalaridan, ilg’or ilmiy adabiyotlar elektron kataloglari va ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. 

Barqaror rivojlanish bo’yicha innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasteri  vazifasi:

  • loyihalarni ma’muriy va operativ boshqarish jarayoniga faol, istiqbolli talabalarni jalb qilgan holda rivojlantirish loyihalarini bevosita oliy ta’lim muassasasida amalga oshirish;
  • ilmiy faoliyatni ommalashtirish, shuningdek mantiqiy va tanqidiy yondashish tafakkurini hamda chet el mutaxassislari bilan aloqalarni o’rnatish va yo’naltirish;
  • treninglar va boshqa interaktiv harakatlarni amalga oshirish natijasida takomillashtirilgan tabiiy ekotizimda, aniq maqsad va ilmiy g’oyalarni o’z ichiga olgan aniq amaliy muammolar yechimini topishga birlashtirilgan ko’p tarmoqli qiziqqon yosh olimlar uyushmasini tashkil etish;
  • turli hil yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatuvchi (programistlar, tadbirkorlar marketologlar, moliyachilar va h.k.) qiziqqon yosh olimlar uyushmasi uchun ijodiy qulay sharoitlarni tashkil etish va rivojlantirishda platforma vazifasini bajarish;
  • ilm va amalilyot o’rtasida barqaror aloqani o’rnatish va qo’llab quvvatlash, shuningdek industriya 4.0, sirkulyar ekonomika, (IoT) internet tarmog’i, suniy ong va shu kabi boshqa trendlarni hisobga olgan holda ilmiy natijalarni ekologiya, suv va qishloq xo’jalik sektorlarida qo’llash uchun real loyihalarga aylantirish;

 TIQXMMI olimlarini loyihalarining tadqiqotga oid qismlarida (texnik-iqtisodiy asoslash, tashqi muhitga baho berish) ishtirok etishlari orqali loyihalarning natijadorligi va barqarorligini ta’minlash, yosh tadqiqotchilar va talabalarga amaliy tadqiqotlar o’tkazish va “nou-xau”lar yaratishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan biorat.

2022 yilda The Food and Agriculture Organization of the United Nations (“FAO”) tashkiloti bilan hamkorlikda “Использование геопространственных технологий при принятии решений о сельскохозяйственной деятельности на примере Пахтазарского массива Мирзачульского района Джизакской области Узбекистана.” mavzusidagi innovatsion loyihada ishtirok etdi.