img
01/11/2021

O‘quv-uslubiy boshqarmasi

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig'i

dotsent v.b. Xodjayev Dadaxon

Tel: +998(71) 237-09-93

E-mail: dhodjaev@tiiame.uz

 

 


O’quv-metodika bo‘limi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 sentyabridagi «Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 415-sonli qarori hamda universitetning 13 sentyabr 187 A/F buyrug‘iga asosan O’quv bo‘limi va o‘quv-uslubiy bo‘limning birlashtirilishi asosida tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 311-sonli qarori asosida O’quv-metodika bo‘limi negizida O’quv-metodika boshqarmasi tashkil etildi.

O’quv-metodikasi boshqarmasi nomi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidagi oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-3702-sonli qarori va universitetning 2018 yil 14 maydagi 316 A/F buyrug‘iga asosan “O’quv-uslubiy boshqarma”ga o‘zgartirilgan.

O’quv-uslubiy boshqarma “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida o‘quv va o‘quv-uslubiy jarayonlarni tashkillashtiruvchi asosiy bo‘lim bo‘lib, O’quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi. O’quv-uslubiy boshqarma o‘z ishini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarorlari va buyruqlari, universitet rektori buyruqlari, rektor va prorektor farmoyishlari, o‘quv ishlari buyicha prorektori tomonidan tasdiqlagan ish rejasi bo‘yicha ish olib boradi. O’quv-uslubiy boshqarma o‘z faoliyati bo‘yicha universitet rektori, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, universitet ilmiy kengash oldida hisobot beradi. Hozirgi kunda boshqarmaga f.-m.f.n. Xodjayev Dadaxon rahbarlik qiladi.

Boshqarmaning vazifalari:

 O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari asosida universitetda mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirish;

 O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va universitetning o‘quv jarayonini tashkil etish va sifatini yaxshilashga doir qarorlari va buyruqlarining o‘quv jarayoniga tatbik etishni ta’minlash;

 ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ishchi o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish;

 fanlarni «Ta’lim to‘g‘risidagi» konun, oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari va me’yoriy hujjatlar asosida tuzilgan namunaviy va ishchi dasturlarining sifatini nazorat qilish va tasdiklashga tayyorlash;

 universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va unga doir barcha hujjatlar (o‘quv mashg‘ulotlari jadvali, reyting o‘tkazish jadvali, o‘quv auditoriyalari ta’minoti va h.q.) ni tayyorlash va tatbiq etish;

 o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish va uni takomillashtirish, sifatini yaxshilashga oid ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshirish;

 o‘quv jarayonini uslubiy ta’minotini yaxshilash, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tish uchun uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash kabi ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;

• axborot-resurs markazida mavjud adabiyot fondini axborot-resurs markazi xodimlari xamkorligida doimo nazorat qilib borish va zamonaviy adabiyotlar, darsliklar bilan boyitish borasida birgalikda ish olib borish;

• o‘quv jarayonini takomillashtirish maqsadida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha seminarlar tashkil qilish.

Boshliq o‘rinbosarining vazifalari:

 kafedralar bo‘yicha soatlar taksimoti va kafedra shtatlarini aniqlaydi;

 o‘quv jarayonini takomillashtirish masalalarini ishlab chiqishda, texnik jihozlarni qo‘llanishida, auditoriya va laboratoriya xonalarini jihozlanishida qatnashadi;

 o‘quv jarayonining hamma turlari bo‘yicha tayyorgarligini tekshiradi;

 davlat attestatsiya komissiyasi tarkibini va muddatini kelishish va rasmiylashtirish, DAK ishini tahlil qilib, natijalarini umumlashtiradi;

 universitet o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha buyruqlar tayyorlaydi;

 xodimlar bo‘limi bilan xamkorlikda o‘quv yordamchi xodimlarni attestatsiyada o‘tkazadi;

 dispetcher ishini nazorat qiladi.

Xozirgi kunda boshliqning o‘rinbosari lavozimida t.f.f.d., dotsent Mardonov Sherzod faoliyat olib bormoqda.