img
01/11/2021

Yurist maslahatchi

Yurist maslaxatchi

Muratova Umida Kurkmasovna

Tel: +99871 237-19-75

E-mail: lawyer@tiiame.uz.                                  

Qabul kunlari: xar kuni (10:00-12:00)

 


Universitet yurist maslaxatchisi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2733-sonli qarori  hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetining yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizomi asosida olib boradi. Yurist maslaxatchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, “Universitet yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Quyidagilar yurist maslaxatchi faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • universitetning huquqiy qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;
  • universitet tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • universitetning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
  • universitet xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va axamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
  • shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya kilinishini ta’minlash;
  • professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga o‘qish, ish va shaxsiy masalalar yuzasidan huquqiy maslaxatlar berish.