TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2024

Xotirlash hikmati

Joriy yilning 18 - yanvar kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislsri instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori D.Axrarova raxbarligida 1-bosqich SXM 102- guruh talabalar bilan birgalikda  Islom Karimov muzeyiga tashrif buyurishdi. Talabalar  O‘zbekiston Respublikasi, mustaqil davlati asoschisi Islom  Karimovning muqaddas xotirasi siymosi gavdalandi va xotirlandi. Ko’rgazmali zalda ikkita paviliondan mavjud bo’lib, tanishtirish ishlarini xodima Habiba Qayumovna maroqli va mazmunli tushunchalar berib o’tdi.

Talabalarga  ko’rgazmali zal xodimasi  birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga  bag’ishlangan turli xil obrazda yaratilgan rasmlar va foto albomlar toʻgrisida qiziqarli ma’lumotlar berib oʻtdi. Talabalarimiz O’zbekiston Respublikasi mustaqillik asoschisi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatganlaridan mamnun bo‘lishdi.Talabalarda Islom Karimov mustaqillik asoschisi bo’lib dunyo miqyosida o`z o`rniga ega bo`lgan davlat arbobi. Vatanni sevib, xalq uchun jonini beradigan  inson boʻlganligi uchun  iliq taassurot qoldirdi desak adashmagan boʻlamiz.

"Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori  D. Axrarova axboroti

 Universitet matbuot xizmati