TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2024

Rassomlikka qiziqish

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich 108 –guruh talabalari  bilan rassomlik mahorati bo‘yicha konkurs o‘tkazdik. Talaba – yoshlar o‘zlariga yoqadigan mavzuda  rasmlar chizishdi. Bu borada guruhimiz talabasi Eshmurodov Mirjahon liderlikni qo‘lga kiritdi.

U guruhidagi do‘stlariga ham yaqindan yordam berdi. Shaxnoza, Diyora , Gulshan, Nodirbek, Sardorbek, Abdullohlar ham rassomchilik borasida bor mahoratlarini ishga solishdi va rasmlar chizib bellashuvda qatnashishdi. Maktab davrlarini , rasm darslarini yodga olishdi.

Beg‘ubor bolalarni ko‘rib yoshlikka qaytganday bo‘ladi kishi.  Talaba – yoshlarimizni yaxshi o‘qib, kelajakda Vatanga munosib xizmat qiladigan kadrlar bo‘lib yetishlariga ishonamiz.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori  D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati