TIQXMMI yangiliklari

img
18.01.2024

Dars jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish davr talabi

Bugungi talaba-ertangi  mutaxassis. Bu borada har bir soha yo‘nalishi kabi professional ta'lim yo‘nalishi  sohasida ham yetuk kadrlar tayyorlash va ularni kelajakda soha yo‘nalishlari bo‘yicha  pedagog kadr qilib tarbiyalashda eng asosiy omil mutaxassislik fanini chuqur o‘zlashtirish va umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bilan birga amaliyotda foydalangan holda auditoriyaga kirishdan iborat. Ha shunday ekan bugungi  bitiruvchi talabalar bilan dars jarayonini  ko‘proq insonparvarlashtirish va  demokratlashtirish lozimdir. 

Bu borada  har bir talaba o‘zini mutaxassis fan o‘qituvchisi vazifasida , vaholanki pedagoglikni his qilgan holda darsga qatnashishga erishishini ta'minlash lozim.  Bu borada dars berayotgan pedagog  xam umumkasbiy fanlarni ham ixtisoslik fanlarni hamda mutaxassislik fanlar integratsiyasini amalga oshirgan holda dars jarayonini tashkil etishi lozim. Mana shunday darslardan biri professor Zuxra Ismailova tomonidan  17.01.2024 yilda Professional ta'lim “Suv xo‘jaligi melioratsiya” yo‘nalishi 415-guruh talabalari bilan “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”fanidan o‘tkazildi.

Bu ochik dars jarayonida barcha talabalar ishtiroki ta'minlandi, ularning nutq madaniyati, fikrlash doirasi, mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish darajasi aniqlandi, oxirgi umumlashtiruvchi qarorlar qabul qilish malakalari shakllanishiga imkon yaratildi.