TIQXMMI yangiliklari

img
13.01.2024

“Korrupsiyasiz soha” mavzusida profilaktik tadbir

2024 yil 13 yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, “Sirtqi bo‘limi” boshlig‘i  Sh.Mardonov va Sirtqi ta’limning 1-kurs guruh sardorlari ishtirokida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.U.Gapparov Sirtqi ta’limning 1-kurs guruh sardorlariga “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi”da keltirilgan “278/4-moddasi Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “210-modda. Pora olish”, “212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’lmuot berib ularni ogohlikka chaqirdi.

Hozirgi kunda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi buning javobgarligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. A.U.Gapparov talaba-yoshlarga “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. “Sirtqi bo‘lim” boshlig‘i  Sh.Mardonov va bo‘lim xodimlari tadbir so‘ngida, talaba-yoshlar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun mehmonlarga “Sirtqi bo‘limi” boshlig‘i rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish  bo‘limi  mutaxassisi

Karimjonov Izzatullo axboroti