TIQXMMI yangiliklari

img
13.01.2024

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish

Joriy yilning 11-yanvar kuni Yunusobod tumani M.Ulug‘bek mahallasi hamda 5-TTJ talaba-yoshlari bilan birgalikda Jinoyatchilikning oldini olish borasidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda M.Ulug‘bek mahallasi katta inspektori kapitan Boboev Farrux Yunusovich hamda Yunusobod tumani 5-IIBB podpolkovnik Suyunbaev Xayrulla Suyunbaevichlar ishtirok etishdi. Tadbirda mahalla raisi, talaba - yoshlar mahalla faollari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda jinoyatchilik haqida xabardor qilish, kelgusida nohush holatlar sodir etilishining oldini olish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, jinoyatchilikning oshishi sabablarini aniqlash hamda jinoyatchilikning bartaraf etish choralarini ko‘rish kerakligi to‘g‘risida  so‘z yuritildi. Maqsad  jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish, talaba-yoshlarga ijtimoiy xavfli qilmish uchun javobgarlik muqarrarligini yetkazishdir.

Tarbiyachi-pedagog Sh.Islamova axboroti

Universitet matbuot xizmati