TIQXMMI yangiliklari

img
23.12.2023

Qiz bola tarbiyasida adashmang!

Millatni yuksaltirmoqchi bo‘lsak, bo‘lajak onalarni, qizlarimizni bilimli, tafakkuri keng qilib tarbiyalashimiz shart. Har bir ijtimoiy tuzumning kelajagi, insoniyatning kelajagi, odamlarning hayoti va turmush darajasi fan va madaniyat rivoji bilan bevosita bog‘liqdir. O‘tmishda Sharq mutafakkirlari o‘z hayotiy tajribalariga tayangan holda ma’naviyatimiz manbai bo‘lgan ta’lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasida boy tarixiy tajriba qoldirgan.

Joriy yilning 21 dekabr kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin - qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no  Kodirova tashkilotchiligida fakultetimiz talaba qizlari ishtirokida "Qizlar tarbiyasida- badiiy adabiyot va kitobxonlikning o'rni"mavzusida ma'naviy, ma'rifiy, tarbiyaviy tadbir  o'tkazildi. Tadbirni hurmatli dekanimiz Uchqun Zoirovich ochib berdilar. Shundan so'ng tadbirimizning hurmatli mehmoni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Shuhrat" medali sohibasi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo'lim boshlig'i, taniqli shoira Farog'at Xudayqulova hayot tajribalari haqida gapirib, ilm inson hayotni yorituvchi nur ekanini, buning isboti o'z boshlaridan o'tkazganlarini, hayotiy voqealar asosida, sodda, ravon so'zlar bn gapirib berdilar.

Bu go'zal  nasihatlar qizlarimiz hayotida dasturi amal bo'lib, hayot yo'llarini yorituvchi mayoq bo'lishi talaba qizlarimizni e'tibor va butun vujudlari bilan tinglaganlaridan ko'rinb turibdi. Tadbir shoiramizni yuqori saviyadagi mazmunli nutqi, o'qib bergan sh'erlari, savol - javoblar bilan avj olib,  juda  qizg'in va  foydali  o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati