TIQXMMI yangiliklari

img
15.12.2023

Qishning bir kuni

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 108-guruh talabalari bilan qishning go‘zalligidan bahra olish maqsadida mazza qilib qorbo‘ron o‘ynadik. Poyoniga yetib borayotgan eski yil va yaqinlashib kelayotgan yangi yil hammamizni esimizda qoladigan xotiralar muhrlaydi deb o‘ylayman. Qalblari ham qordek oppoq talaba-yoshlarga qo‘shilib, ularning sho‘xliklarini ko‘rib, talabalik davrlarimiz esga tushadi. Talabalik oltin davrim deb bejiz aytishmagan.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati