TIQXMMI yangiliklari

img
14.12.2023

Мeros va ixlos

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli Farmoni yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularni har tomonlama rivojlantirish, iqtidorli yoshlarga ko'mak berish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Hozirda talabalarni ma'naviy-ma'rifiy jihatdan o'stirish, etuk mutaxassis qilib tarbiyalash bilan bir qatorda, ularning jismoniy rivojlanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniy merosimizga, milliy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash oliy ta'lim muassasalari rahbaridan tortib o'qituvchilarning eng asosiy vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Talaba yoshlarni o'z ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanishga undash, ularning iste'dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimli va iqtidorli yoshlarni yanada qo'llab-quvvatlash, shuningdek, mustaqil ta'limning qaysi shakl va mazmunda tashkil qilishni tanlash jarayonida talabalarnig bilim darajasini hisobga olish lozim. Buning uchun talaba bilan rahbar o'rtasida fan bo'yicha faol muloqot tashkil qilinishi zarur.

Universitetimiz “Professional ta'lim” kafedrasining professor-o'qituvchilari yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida ta'lim yo'nalishi talabalari bilan muntazam ravishda muloqot olib borish bilan bir qatorda ularning qiziqishlariga qarab o'z bilim va mahoratlari bilan ulashishlari an'anaga aylanib qolgan.

Kafedra dotsenti Durdona Mustafoyeva ham ana shunday uchrashuvlar tashkil qilib, iqtidorli talabalarga ustozlik mahoratining sirlari hamda talabalarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan davra suxbatlari olib borishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Universitet matbuot xizmati