TIQXMMI yangiliklari

img
12.12.2023

Kutilgan va kutilmagan uchrashuv

Joriy yilning 11 - dekabr sanasida "TIQXMMI" MTU 3-TTJda professor-oqituvchilar, tyutorlar, tarbiyachipedagoglar va faol talabalar ishtirokida  Ozbekiston XDP Mirzo Ulugbek tuman kengashi raisi Kurbanova Shaxzoda Nashpanovna bilan uchrashuv bolib otdi. Bunda Ozbekiston XDP Mirzo Ulugbek tuman kengashi tomonidanToshkent Irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutimilliy tadqiqot universitetida Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish mavzusidagi davra suhbati otkazildi.

Tadbirda talabalarning erishgan yutuqlari, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida partiyaning ahamiyati, partiya safidagi yutuqlarga erishgan yoshlar faoliyatini ommalashtirish hamda yoshlarni partiya safiga jalb etish bilan ularni siyosiy ma’naviyatini oshirish, “Safimizdagi yoshlar”  mavzusi keng va chiroyli qilib tushuntirib berildi. Talaba yoshlarimiz tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar berildi. Tadbir so‘nggida partiyamiz faollariga, professor-o‘qituvchi va talabalarga O‘zbekiston XDP Markaziy Kengash raisi Inoyatov U. I. tomonidan berilgan Faxriy yorliqlar topshirildi.

Tyutorlar G. Axmedjanova va D. Xudoynazarovalar axboroti 

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati