TIQXMMI yangiliklari

img
12.12.2023

Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi bilan tanishuv tadbiri

Joriy yilning 8 dekabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova 1-Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi lavozimiga ishga kelgan  Yu.Abdurasulovalar hamkorligida 1-Talabalar turar joyi  “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talabalari ishtirokida tanishuv tadbiri o'tkazildi. Tadbir  talaba yoshlarni talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Universitet  psixologi M.K.Muhammedova va 1-Talabalar turar joyi  “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talaba qizlari sardori 3-kurs 304-guruh talabasi V.Saburovalar Yu.Abdurasulovani qavatma-qavat yurishib qizlar bilan tanishtirib, talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogning olib boradigan faoliyati to'g'risida ma'lumot berishdi. O'g'il bolalar bilan esa qavat sardori 4-kurs 403-guruh talabasi U.Ochilov tanishtirib chiqdi. O'tkazilgan tadbir davomida Yu.Abdurasulova barcha talabalar va xodimlar bilan tanishtirib o‘tildi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati