TIQXMMI yangiliklari

img
11.12.2023

“Pedagogik tanishuv” amaliyoti boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli, 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-son qarorlari va yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidromelioratsiya” fakultetining 60112400–Professional ta’lim (Suv xo‘jaligi va melioratsiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqich talabalarini 2023/2024 o‘quv yilida o‘quv jarayoni grafigiga asosan 2023-yil 29-noyabrdan 2024-yil 15-fevralgacha pedagogik-tanishuv amaliyoti tashkil etish vazifasini bajarish maqsadida “Professional ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi Jumanov Alisher Asatullayevich va 2-kurs 212-gurux talabari bilan birgalikda Toshkent tuman 1-son kasb-hunar maktabiga tashrif buyurishdi.

Amaliyot o‘tash joyida ish faoliyati va qilinadigan ishlar bilan tanishish, amaliyot davrida bajariladigan ishlar uchun aniq topshiriqlar olishdi talabalar.

Universitet matbuot xizmati