TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2023

Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovi g‘oliblari aniqlandi

2023/2024-o‘quv yilida ”TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining iqtidorli talabalari Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovi g‘olibi bo‘lishdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 4-dekabrdagi 516-sonli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining quyidagi iqtdorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

- Utemuratova Asem Nazarbekova - Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi -  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi
- Abduraxmonov Nurbek Azzam o‘g‘li - Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi - Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi
- Bektoshov Bexruz Nuriddin o‘g‘li - Professional ta’lim: (suv xo‘jaligi va melioratsiya) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi - Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi
- Baxriddinova Nodiraxon Xasanbek qizi - Yer kadastri va yerdan foydalanish ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi - Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi
- Abdukadirova Kamila Baxadirovna - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (Suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi - Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi
- Jamardov Sunnatillo Xolmurod o‘g‘li - Geodeziya va geoinformatika ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi - Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi
- Uraimova Xonzodabegim Mirzaaziz qizi - Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi - Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi