TIQXMMI yangiliklari

img
29.11.2023

Diniy ta’limotlar, inson kamoloti

Bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodni ma'rifat asosida tarbiyalash jamiyat hayotning eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Joriy yilning 28 noyabr kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova va dekan muovini J.Turdiyevlar tomonidan "Diniy-ma'rifat va millatlararo bag'rikenglik-jamiyat  barqarorligi sharti" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda universitetimiz xotin-qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Z.Ismoilova va talabalar ishtirok etdilar. Tadbir mehmoni O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mita mas'ul xodimi Jumaev Shoxrux Shuxratjon o'g'li “Diniy ma'rifat va millatlararo bag'rikenglik” haqida o'zining yuqori saviyada mazmunli nutqi va talabalarimiz tomonidan berilgan savolarga to'liq aniq javoblar berib tadbirimizga fayz bag'ishladi.

Tadbirdan talabalarimiz xalqimizni go'zal odatlari, odob- axloq, diniy ma'rifat tushunchalari yanada boyidi, qalblarida Vatanga tinchlik, hamjihatlik, do'stlik tuyg'ularini jo qilib mamnun bo'ldilar. Tadbir juda qizg'in, sermazmun, foydali o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova ma'lumoti asosida