![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2023-11-24_21-55-58_2.jpg)
24.11.2023
Xalqaro ko'rgazmaga sayohat
Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishlari uchun joriy yilning 24 - noyabr sanasida "TIQXMMI" MTU “Gidromelioratsiya” fakultetining 1-kurs SXM va ATBR yo'nalishi faol talabalari “O’ZEXPOMARKAZ” da tashkil etilgan "Qishloq xo’jaligi, Oziq-ovqat sanoati va qadoqlash ishlari" xalqaro ko’rgazmasiga sayohat uyushtirildi.
Ular o’z tashrifi davomida qishloq xo’jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati, qadoqlash bo’yicha bir qator uskunalarni ko’zdan kechirib o’rganib chiqdilar. Bu ularda katta taassurot qoldirdi. Sababi, ular o’z sohalariga tegishli yangiliklardan boxabar bo’lishdi va xalqaro ko’rgazmalar haqida kerakli ma’lumotlarni olishdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarovaning axboroti
Universitet matbuot xizmati