TIQXMMI yangiliklari

img
20.11.2023

Bayroq - g'urur manbai

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir.  Bugun erta tongdan  "TIQXMMI" MTUning talaba-yoshlari bayram munosabati bilan shahrimizdagi bayroq baland qad ko‘targan "Xalqlar do'stligi" san'at saroyining muhtasham maydonida jamul-jam boʼlishidi. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil.

 Ertalabdan milliy bayrogʼimiz davlat idoralari va muassasalarida, oʼquv yurtlarida hilpirab turdi. Xulosa oʼrnida aytish lozimki, davlatimiz bayrogʼi tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorugʼ kelajagimizga boʼlgan ishonchimiz timsolidir.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet  matbuot xizmati