TIQXMMI yangiliklari

img
15.11.2023

Millat dardi bilan yashagan shoir

Joriy yilning 14- noyabr kuni "Gitrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori X. Saidova boshchiligida fakultetning faol, iqtidorli talabalari O‘zbekiston qahramoni, madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni xotirlash maqsadida "Adiblar xiyoboni" dagi shoirning haykali poyida  "Millat dardi bilan yashagan shoir" nomli  tadbir uyushtirildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, oʻquv - metodika va harbiy vatanparvarlik yetakchi mutaxassisi I.A.Rahmonaliyeva, "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindori X.Sh.Sherzodovalar ishtirok etishdi. Ular talabalarga Abdulla Oripovning hayoti, ijodidan namunalar havola etishdi.  Bundan ilhomlangan talabalar shoirning she'rlar toʻplami va jonli ijroda oʻz ijod namunalari bilan tadbirga oʻzgacha fayz berisdi.

GTQ tyutori X.Saidova axboroti

Universitet matbuot xizmati