TIQXMMI yangiliklari

img
13.11.2023

Gender tenglik

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlar tizimli davom ettirilmoqda. Gender zo‘ravonlik – bu global muammo bo‘lib, jamiyatda bunday zo‘ravonlikka hech qanday holatda ham ko‘z yumib turmasdan, ta'lim va ommaviy axborot vositalari orqali har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikni inkor etadigan, unga toqat qila olmaydigan muhit yaratishda hissa qo‘shishimiz zarur bo‘ladi.

Shu maqsadda, joriy yilning 9- noyabr kuni  TIQXMMI MTUda Universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi Zuxra Karabayevna rahbarligida GM fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova ,dotsent Z. Mirxasilova, tyutor D. Axrarovalar tomonidan rejaga asosan “GENDER TENGLIK”  mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirga mutaxassis sifatida: Xodjayeva Sayyora Ataxanovna-Demokratiya va inson xuquqlari Instituti direktori, yuridik fanlari nomzodi, adliya polkovniki Abdukadirova Shoxista Akbarovna O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi a'zosi, Yunusobod tumani partiya tashkiloti raisi, Fayziyeva Sevara Tulqunovna, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi taklif etildi.

Tadbir ishtirokchisi  Demokratiya va inson huquqlari Instituti direktori, yuridik fanlar nomzodi, adliya polkovniki Xodjayeva Sayyora Ataxanovna tomonidan mavzu bo‘yicha keng miqyosda hayotiy misollar bilan ma'lumotlar berildi. Jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni, ularning mavqeyi va shu bilan birga xotin-qizlar gender tenglik masalalariga doir o‘zini qiziqtirgan savol va takliflarini bildirib borishlari mumkinligi aytildi va “Gender tenglik” doirasida davlatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Tadbir talaba qizlar tomonidan berilgan savollar bilan qiziqarli va yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.

Universitet matbuot xizmati