TIQXMMI yangiliklari

img
10.11.2023

Aqliy musobaqa

        Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va ularni intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti talabalari ishtirokida “ZAKOVAT” intellektual o’yini o’tkazildi. Unda talabalar fakt va mantiqqa asoslangan savollar yuzasidan kuch sinashdilar. “Ekologiya va huquq” fakulteti faollari va Yoshlar yetakchisi J.Yunusaliyev tomonidan tashkillashtirilgan mazkur o’yinini fakultet tyutori X.Ro’zmetov baholab bordi.

Yakuniy natijalar esa quyidagicha bo’ldi:

1-o’rin: “Future Lawyers” jamoasi

(fakultetning 2-bosqich talabalari)

2-o’rin: “Filolog qizlar” jamoasi

(fakultetning 1-bosqich talabalari)

3-o’rin: “Kamyob” jamoasi

(fakultetning 1-bosqich talabalari)

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X. Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati