TIQXMMI yangiliklari

img
09.11.2023

Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv

          Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti tuzilmasiga kiritilgan. Bo‘limning asosiy maqsadi iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashdan iborat bo‘lib universitetning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi, tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishdir.

        Talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish borasida iqtidorli talabalarni institutning yetakchi professor-o‘qituvchilariga biriktirish, innovatsion ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan to‘garakalar faoliyatini tashkil etish ishlari olib borishdan iborat. 08.11.2023 yil kun fakultet tyutori J.Sa’dullayev tashabbusi bilan Qishloq xojaligini mexanizatsiyalash fakulteti 1-kurs talabalari bilan Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi mutaxassisi J.Normurodov bilan uchrashuv tashkil qilindi.

QXM fakulteti tyutori J.Sa’dullayev axboroti.

Universiteti matbuot xizmati