![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2023-11-03_05-46-26.jpg)
03.11.2023
Talabalar turar joyida osh pishirish musobaqasi
2023 yilning 2 noyabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Talabalar turar joyida PLOV PARTY tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar ishtirokida respublikamizning turli hududlari an’analarini o‘zida aks ettirgan osh pishirish musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tadbir orqali talabalarimizni bilim egallashdan tashqari oilaviy hayot hamda kundalik turmush uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘zlashtirayotgani, shu bilan birga milliy qadriyat va an’analarimizni qunt bilan o‘rganishayotganiga guvohi bo‘lindi.