TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2023

Ogohlik davr talabi

         Joriy yilning 1-noyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalarni rektor maslahatchisi Abdusamatov Anvar Abdurashidovich hamda Yunusobod tumani IIOFMB 5-IIB XPB proflaktika katta inspektori mayor A.R.Ubaydullayevlar talabalar bilan ogohlik davr talabi mavzusida suhbat olib bordilar.

       Bunda bugungi kundagi turli xil ijtimoiy kanallardagi ma’lumotlarga ishonmaslik va ular tavsiya qilgan ishlarga kirishmasligi, tushunmagan narsalarini dekan o‘rinbosarlari va tyutorlardan so‘rab yaxshi tushinib olishlari, kerak bo‘lsa biz ham sizlarni turli savollaringi va takliflaringizga javob berishga tayyorligini ta’kidlab o‘tdilar. Shundan so‘ng universitet va talabalar turar joylari to‘g‘risidagi ichki tartib qoidalariga to‘liq rioya qilishlarini aytib o‘tdilar. Suhbat yakunida talabalar tomonidan qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Tyutorlari J.Sa’dullayev va O.Abdullayeva Axboroti

Universitet matbuot xizmati