TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2023

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida

         Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 2004 yilda bunyod etilgan “O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasiga” tashrif uyushtirdik. 

 

           Galereyada XX asr boshidan hozirgi kungacha yaratilgan O‘zbekiston  tasviriy san’atining 1000 dan ziyod rangtasvir va grafika asarlari hamda nodir numizmatika namunalari saqlanadi. Galereya qurilishida Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Rossiyadagi eng yirik muzeylar va ko‘rgazma zallarida to‘plangan tajriba e’tiborga olingan.       

                           "Iqtisodiyot" fakulteti tyutorlari D. Egamova va G.Shodievalar axboroti

                                                                         Universitet matbuot xizmati