TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2023

1 - bosqich talabalari o‘rtasida seminar-trening

          “Toshkent  irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” - Milliy tadqiqot  universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari jamoasi tashabbusi bilan 30 oktabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi – 2030 yil O’zbekistonda” mavzusida 1 - bosqich talabalari o‘rtasida seminar-trening tashkil qilindi.

           Seminar- treningda O‘zbekiston XDP Mirzo Ulug‘bek tumani kengash raisi Qurbonova Shaxzoda Nashpanovna  Oliy  talim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, Oliy ta’lim muassasalarida, Yoshlar o’rtasida  IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish, hamda bir qator 2030 yillarda bo’ladigan taraqqiyot strategiyasining ustuvor  yo’nalishlari haqida ma’ruza qildi. Talabalar bu o‘tkazilgan seminar- treningdan o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.   

Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati